Odessa () — Ukrainaning Odessa viloyati markazi. Ukrainaning yirik sanoat, madaniyat, ilmiy va kurort markazlaridan biri. Qora dengizning shimoli-gʻarbiy sohilidagi port. Shosse va temir yoʻl tuguni. Aholisi 1,000,000 kishi (2024). Shahar 4 tumanga boʻlingan.

Tarixi

Odessa oʻrnida XV asrda turklarning „Xajibey“ qalʼasi boʻlgan. Uni ruslar egallab, 1793-yil oʻzlarining janubidagi tayanch punktiga aylantirgan. 1794-yildan shahar, 1795-yildan rasmiy ravishda Odessa nomini oldi. 1941—44 yillarda Odessani nemis fashistlari egallab turdi. Shahar 1944-yil 10-aprelda ozod qilindi. 1965-yil Odessaga qahramonshahar faxriy unvoni berildi.

Nomlanishi yoki Odessa yoki Odessa

Meʼmorligi Shaharning markaziy qismida A. E. Rishelye haykali va Potyomkin zinasi joylashgan klassik binolar ansambli bor (1826—41). Klassitsizm uslubida qurilgan Voronsov, Pototskiy, Narishkina saroylari, eski birja, gospital, Odessa atrofi va uning chekkalarida — iqlimiy va bal-neobalchiq kurortlar (Arkadiya, Luzanovka va boshqalar) mavjud. Odessada tarixiy voqealar bilan bogʻliq joy koʻp.

Sanoati Odessada mashinasozlik (stanoksozlik, yuk-transport, sovitkich, tibbiy, savdo, poligrafiya va boshqa asbob-uskunalar, agregatlar, hisoblash mashinalari ishlab chiqarish va boshqalar), kimyo, neftni qayta ishlash, kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, yengil (jut, toʻqimachilik va boshqalar) sanoat korxonalari bor. Poʻlat prokat ishlab chiqarish birlashmasi faoliyat koʻrsatadi.

Ijtimoiy soha Odessa — yirik dengiz porti. Havo liniyalari orqali yirik shaharlar bilan bogʻlangan. Odessada Antarktika kit ovlash flotiliyasi bazasi, 14 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), Ukraina Fanlar Akademiyasining Janubiy ilmiy markazi, 7 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), arxeologiya, badiiy, A. S. Pushkin nomidagi, adabiy-memorial muzeylari, sirk, filarmoniya, konservatoriya, kinostudiya bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Demografiya

Tarixiy etnik va milliy tarkibi

1897-yil Ruslar: 198,233 kishi (49.09%) Yahudiylar: 124,511 kishi (30.83%) Ukrainlar: 37,925 kishi (9.39%) Polyaklar: 17,395 kishi (4.31%) Nemislar: 10,248 kishi (2.54%) Yunonlar: 5,086 kishi (1.26%) Tatarlar: 1,437 kishi (0.36%) Armanlar: 1,401 kishi (0.35%) Belaruslar: 1,267 kishi (0.31%) Fransuzlar: 1,137 kishi (0.28%) 1926-yil Ruslar: 162,789 kishi (39.97%) Yahudiylar: 153,243 kishi (36.69%) Ukrainlar: 73,453 kishi (17.59%) Polyaklar: 10,021 kishi (2.40%) Nemislar: 5,522 kishi (1.32%) Belaruslar: 2,501 kishi (0.60%) Armanlar: 1,843 kishi (0.44%) Yunonlar: 1,377 kishi (0.33%) Bolgarlar: 1,186 kishi (0.28%) Moldavanlar: 1,048 kishi (0.25%) 1939-yil Yahudiylar: 200,961 kishi (33.26%) Ruslar: 186,610 kishi (30.88%) Ukrainlar: 178,878 kishi (29.60%) Polyaklar: 8,829 kishi (1.46%) Nemislar: 8,424 kishi (1.39%) Bolgarlar: 4,967 kishi (0.82%) Moldavanlar: 2,573 kishi (0.43%) Armanlar: 2,298 kishi (0.38%) 1941-yil Ukrainlar: 120,945 kishi (49.45%) Ruslar: 92,584 kishi (37.85%) Nemislar: 8,643 kishi (3.53%) Polyaklar: 7,488 kishi (3.06%) Bolgarlar: 4,928 kishi (2.01%) Moldavanlar: 3,224 kishi (1.32%) Tatarlar: 436 kishi (0.18%) Lipovanlar: 429 kishi (0.17%) 2001-yil Ukrainlar: 622,900 kishi (61.6%) Ruslar: 292,000 kishi (29.0%) Bolgarlar: 13,300 kishi (1.3%) Yahudiylar: 12,400 kishi (1.2%) Moldavanlar: 7,600 kishi (0.7%) Belaruslar: 6,400 kishi (0.6%) Armanlar: 4,400 kishi (0.4%) Polyaklar: 2,100 kishi (0.2%)

2001-yil Ukraina aholi sanogʻida Odessa aholisi 1,029,049 kishini tashkil qildi (shulardan — 480,341 nafari erkaklar yoki 47 % va 548,708 nafari ayollar yoki 53 %)Chislennost naseleniya Odessi po Vseukrainskoy perepisi naseleniya 2001, doimiy aholisi — 1 010 298 kishi. Odessa — anʼanaviy koʻp millatli shahar hisoblanadi. Shaharda oʻndan ziyod millat vakillari istiqomat qilishadi.Pochemu odesskie armyane uchat ukrainskie pesni?.

Til 2001-yilgi Ukraina aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Odesa shahri aholisining ona tili boʻyicha taqsimoti: Til Soni Foiz Ukraincha 307 196 30.41% Ruscha 654 128 64.75% Boshqa tillar 48 974 4.84% Umumiy 1 010 298 100.00%

Odessadagi tartibsizliklar 2014-yil 2-may kunida Odessa shahrida roʻy bergan qurolli toʻqnashuvlarda 37 odam halok boʻldi, 200 dan ortiq odam yaralandi. Halok boʻlganlarning aksari rossiyaparastlar ekani aytiladi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga koʻra, Putin qurbonlarni yaqinlariga hamdardlik bildirgan va bu fojeada Kiyev rahbariyatini ayblagan. Ukraina politsiyasiga koʻra, tartibsizliklarga aloqadorlikda gumonlanib, 130 odam hibsga olingan. Jinoyat kodeksining „Qasddan odam oʻldirish“, „jamoatchilik tartibini buzish“, „davlat idoralarini ishgʻol etish“ kabi oʻndan ziyod moddasi boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻotilgan. Rossiya rahbariyati Odessadagi oʻnlab odam oʻlimiga sabab boʻlgan hodisalarda Kiyev va gʻarb hukumatlarini aybladi.

Qardosh shaharlar

Odessa quyidagi shaharlar bilan qardosh shahar aloqalarini oʻrnatgan:

Iskandariya, Misr (1968-yil) Baltimor, AQSh (1975-yil) Bremen, Germaniya (2023-yil) Kishinyov, Moldova (1994-yil) Konstansa, Ruminiya (1991-yil) Genuya, Italiya (1972-yil) Hayfa, Isroil (1992-yil) Istanbul, Turkiya (1997-yil) Kalkutta, Hindiston (1986-yil) Liverpul, Birlashgan Qirollik (1957-yil) Lodz, Polsha (1993-yil) Marsel, Fransiya (1973-yil) Nikosiya, Kipr (1996-yil) Oulu, Finlandiya (1957-yil) Pirey, Gretsiya (1993-yil) Sindao, Xitoy (1993-yil) Regensburg, Germaniya (1990-yil) Split, Xorvatiya (1964-yil) Seged, Vengriya (1977-yil) Vankuver, Kanada (1944-yil) Varna, Bolgariya (1958-yil) Yerevan, Armaniston (1995-yil) Yokohama, Yaponiya (1968-yil)

Hamkor shaharlar Odessa quyidagi shaharlar bilan hamkorlik qilgan:

Brest, Belarus (2004-yil) Gdansk, Polsha (1996-yil) Klaypeda, Litva (2004-yil) Larnaka, Kipr (2004-yil) Marrakesh, Marokash (2019-yil) Minsk, Belarus (1996-yil) Ningbo, Xitoy (2008-yil) Tallin, Estoniya (1997-yil) Tbilisi, Gruziya (1996-yil) Valparaiso, Chili (2004-yil) Vena, Avstriya (2006-yil) Varshava, Polsha (2005-yil)

Manbalar

Adabiyotlar

Complete book available online.

(hardcover), (1991 paperback reprint)

(hardcover); (paperback)

(hardcover), (paperback reprint)

Havolalar