Parana () — Braziliyaning jan. qismidagi shtat. Maydoni 199,7 ming km². Axrlisi 9,5 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kuritiba shahri Yirik shaharlari — Paranagua, Ponta-Grosa, Londri-na. Hududining katta qismi pastroq platodan (balandligi 400–900 m) iborat, uning sharqiy qismini Serradu—Map tizmalari (eng baland joyi 1889 m) egallagan. Ikdimi tropik, oʻrtacha oylik temperaturalar 14—19° dan 20-25°gacha. Yillik yogʻin 1500–2000 mm.

Iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi Shimoliy va shim.-gʻarbida kofe plantatsiyalari mavjud. Shuningdek, paxta, shakarqamish ekiladi, apelsin, ananas yetishtiriladi. Shtat janubida kartoshka, makkajoʻxori, bugʻdoy, arpa ekiladi. Chorvachilik rivojlangan: qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. P. — muhim oʻrmonchilik rayoni: yogʻoch va sellyulozaqogʻoz sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat, toʻqimachilik korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi, rangli metall (oltin, kumush, qoʻrgʻoshin) eritiladi. Foydali qazilmalardan qoʻrgʻoshin, temir ruda-si, toshkoʻmir qazib olinadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar