right|200px|thumb|Jean Baptiste Perrin Jean Baptiste Perrin (1870.30.9, Lill - 1942.17.4, Nyu-York) — fransuz fizigi va fizik-kimyogari, Fransiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1923 — 1938 prezidenti). 1940-yildan AQSHda Katod nurlarini manfiy zaryadlangan zarralar oqimidan iboratligini tajribalarda asoslagan (1895), Broun harakatini tekshirgan (1908—1913), boshqa usullar bilan topilgan qiymatiga moye keluvchi Avogadro sonini aniqlagan, molekulaning mavjudligini isbotlagan. Perrin sovun koʻpigining tuzilishini oʻrganib, har qanday koʻpik bir qancha bimolekulyar qatlamlardan iborat ekanligini aniqlagan. Perrin rentgen nurlarning tabiatini, gazlarning oʻtkazuvchanligini, fluoressensiya, radioaktivlikni tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1926)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilNobel mukofoti sovrindorlari.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Fiziklar Turkum:1870-yilda tugʻilganlar Turkum:1942-yilda vafot etganlar Turkum:17-aprelda vafot etganlar Turkum:30-sentabrda tugʻilganlar