Pomir-Olay — (Pomiro-Olay deb ham ataladi, ) Oʻrta Osiyoning janubi-sharqidagi togʻli oʻlka. Fargʻona vodiysidan janubida, Tojikiston (shim.-sharqsa), Oʻzbekiston Respublikasi (gʻarbda) va Turkmenistan (jan, gʻarbda) hududlarida joylashgan. HisorOlay togʻlari, Tojikiston depressiyasi va Pomir kabi 3 asosiy qismdan iborat.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Tyan-Shan togʻlaridan gʻarbga choʻzilgan toʻrtta asosiy togʻ tizmalarini oʻz ichiga oladi va Pomirning asosiy tizmasidan shimolda joylashgan. Ular turlicha Tyan-Shan, Pomir yoki alohida togʻlar tizimi tarkibiga kiradi. „Pomiro-Oloy“ atamasi, shuningdek, Pomir, Pomir-Oloy (keyinchalik „Hissaro-Oloy“ deb yuritilgan)ni oʻz ichiga olgan togʻli hududga nisbatan ham qoʻllanadiPamiro-Alay, Great Soviet EncyclopediaGissaro-Alay, Great Soviet Encyclopedia.
Pomir-Oloy shimolda Sirdaryo (Fargʻona vodiysi) va janubda Vaxsh daryosi oraligʻida joylashgan. Uning eng baland choʻqqisi — Pik Skalisty, 5621 metrdirSovet Ittifoqi harbiy xaritasi 1:500.000 J-42-B. Pomir-Oloyning uzunligi gʻarbiy-sharqiy yoʻnalishda taxminan 900 km, gʻarbiy qismida esa 150 km gacha.
Asosiy tizmalar Pomir-Oloy quyidagi togʻ tizmalariga boʻlinadi: Turkiston tizmasi (5,621 m) Olay tizmasi (5,544 m) Zarafshon tizmasi (5,489 m), Fon togʻlarini ham oʻz ichiga oladi Hisor tizmasi (4,643 m), Koʻhitang tizmasini ham oʻz ichiga oladi
Manbalar
Havolalar
Turkum:Oʻrta Osiyo Turkum:Oʻzbekistonning relef shakllari Turkum:Tojikiston togʻ tizmalari