Said Abdulloh Buxoriy (XVI asr oxiri, Buxoro — 1647, Hijoz) — xattot; „Darvish Abdiy“ va „Mavlaviy“ laqablari bilan maʼlum. Dastlab Buxoroda, soʻngra isfahonlik xattot Mir Imod Husayniydan taʼlim olgan. U Istanbul, Isfahon sh.larida, Misrda boʻlgan. Istanbulda nastaʼliq xatini joriy qilgan, Sulton Muhammad IV buyrugʻi bilan „Shohnoma“ni koʻchirgan. Haj safaridan keyin umrining oxirigacha Hijozda yashagan.

Adabiyot Murodov A., Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼati tarixidan, T., 1971OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Kishilar Turkum:Xattotlar Turkum:1647-yilda vafot etganlar Turkum:Buxoroda tugʻilganlar Turkum:Hijozda vafot etganlar Turkum:Xattotlarga oid chala maqolalar