Sayyohlar daraxti () — strelitziyadoshlar oilasiga mansub daraxt. Boʻyi 10 m gacha, barglari yirik, oʻrta tomirlarigacha boʻlaklarga boʻlingan, tovusning yoyilib turgan patlarini eslatadi. Guli boshoqsimon toʻpgulda oʻrnashgan, qushlar vositasida changlanadi. Mevasi rezavor, bodringga oʻxshaydi. Madagaskar va Reyunon orollarida oʻsadi. Choʻl va saxrolarda sayyoxlar uning soyasida oftobdan saqlanishadi; barg qoʻltigʻida shudring va yomgʻir tomchilaridan hosil boʻladigan suvdan ichib, chanqoklarini qondirishadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Bir pallali oʻsimliklar Turkum:Manzarali daraxtlar Turkum:Afrika bog‘ o‘simliklari Turkum:Madagaskar florasi