Saljuqiylar (1038-1308) — Xuroson, Yaqin va Oʻrta Sharq, Kichik Osiyo, qisman Movarounnahrdagi bir necha davlatlarda hukmronlik qilgan turkiy sulola. Sulola nomi chorvador turkiy qavm oʻgʻuzlar boshligʻi Saljufek ibn Doʻkak nomidan olingan. Sulolaga Saljuqning nevarasi sulton Toʻgʻrulbek asos solgan.
Sirdaryoning quyi oqimi — Jand shahri atroflari (hozirgi Navoiy viloyati hududi)da yashagan oʻgʻuzlar Saljuq boshchiligida islom dinini qabul qilishgan (992). Saljuqning vafotidan soʻng ular Nurota atroflarida joylashgan. Mahmud Gʻaznaviy Amudaryodan oʻtib, Buxoroga borayotganda saljuqlarning yoʻlboshchisi amir Arslon (Isroil)ni chaqirib, ularga Buxorodan Xurosonga koʻchishni buyurgan (1025). Tarixchi Juzjoniynkt yozishicha, 4000 oʻtovli saljuqlar Yagʻmur, Bugʻ, Koʻktosh, Qizil, Mansur, Anas oʻgʻli kabi amirlar boshchiligida Amudaryodan oʻtib, Xurosonning Saraxs, Obivard, Farova, Niso, Dandanakon kabi turli mavzelarida qoʻnim topganlar. Qoraxoniylar bilan gʻaznaviylar oʻrtasidagi kurashdan foydalangan Saljuqiylar harbiy kuchlarini birlashtirib, asta-sekin Xurosonni egallab, Saljuqiylar davlatini barpo etganlar. Keyinchalik bu davlat jahondagi eng qudratli saltanatlardan biriga aylangan. Sulola vakillari (hukmdorlari) sulton deb atalgan va ular quyidagilardan iborat:
+Saljuqiy sultonlar roʻyxatiIsmiHukmronlik davriYillardaHududiTogʻrulbek1038–1063-yillar25 yilXurosonAlp Arslon1063–1072-yillar9 yilXurosonMalikshoh1072–1092-yillar20 yilXurosonMahmud1092–1094-yillar2 yilXurosonBarqiyoruq1094–1104-yillar10 yilXurosonMalikshoh II1104–1105-yillar1 yilXurosonGʻiyosiddin Muhammad1105–1118-yillar13 yilXurosonSanjar1118–1157-yillar39 yilXurosonKavurbek1041–1073-yillar32 yilKermonKermonshoh1073-yil1 yilKermonXusayn1073–1074-yillar1 yilKermonSultonshoh I1074–1085-yillar11 yilKermonTuronshoh I1085–1097-yillar12 yilKermonEronshoh1097–1101-yillar4 yilKermonArslonshoh I1101–1141-yillar40 yilKermonMuhammadshoh I1141–1156-yillar15 yilKermonToʻgʻrulshoh1156–1167-yillar11 yilKermonBahromshoh1167–1168-yillar1 yilKermonArslonshoh II1168-yil1KermonTuronshoh II1168–1174-yillar6 yilKermonMuhammadshoh II1174–1187-yillar13 yilKermonMuborak1187-yil1 yilKermonTutush1074–1095-yillar21 yilShomRidvan1095–1113-yillar18 yilShom (Halab)Dukak1095–1104-yillar9 yilShom (Damashq)Alp Arslon Arxas1113–1114-yillar1 yilShom (Halab)Sultonshoh1114–1117-yillar3 yilShomMaxmud1118–1131-yillar13 yilIroqDovud1131–1132-yillar1 yilIroqToʻgʻrul I1132–1133-yillar3 yilIroqMasʼud1133–1152-yillar19 yilIroqMalikshoh1152–1153-yillar1 yilIroqMuhammad1153–1159-yillar6 yilIroqSulaymonshoh1159–1161-yillar2 yilIroqArslonshoh1161–1177-yillar16 yilIroqToʻgʻrul II1177–1194-yillar17 yilIroqSulaymon I1077–1086-yillar9 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Qilich Arslon I1086–1107-yillar21 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Malikshoh I1107–1116-yillar9 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Masʼud I1116–1156-yillar40 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Qilich Arslon II1156–1188-yillar32 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Malikshoh II1188–1192-yillar4 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Kayxusrav I1192–1200-yillar8 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Sulaymon II1200–1204-yillar4 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Qilich Arslon III1204–1205-yillar1 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Kaykovus I1210–1219-yillar9 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Alouddin Kayqubod1219–1236-yillar17 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Kayxusrav II1236–1245-yillar9 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Kaykovus II1245–1247-yillar2 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Qilich Arslon IV1257–1265-yillar8 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Kayxusrav III1265–1283-yillar18 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Masʼud II1283–1296-yillar13 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Kayqubod1296–1307-yillar11 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)Masʼud III1307–1038-yillar1 yilKoʻniya (Anatoliya, Rum)
Adabiyotlar Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971; Stenli L e nPul, Musulmanskiye dinastii, M. — T. — Bishkek, 1996.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Musulmon sulolalari Turkum:Turkiy sulolalar