Ismail Tanatarovich Sagʻitov (1908-yil, 8-fevral, Qoraqalpogʻiston, Xoʻjayli tumani — 1993, Nukus) — qoraqalpoq adabiyotshunosi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1966). Filologiya fanlari doktori (1963), professor (1965). Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969). „Qizil Qoraqalpogʻiston“ gaz.da boʻlim mudiri (1935), muharrir (1936—1937). Qoraqalpogʻiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941), direktor (1943) va bosh muharrir (1952—1955). Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi qoshidagi sanʼat ishlari boshqarmasi boshligʻi (1943-1946). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻistondagi Kompleks iqtisod va madaniyat ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1946-1952), direktor oʻrinbosari (1955-1958), N. Davqarayev nomidagi tarix, til va adabiyot institutida boʻlim mudiri. Ilmiy faoliyati qoraqalpoq qahramonlik eposi mavzuiga bagʻishlangan.

Berdaq — buyuk shoir vatanparvar, Nukus, 1943; Berdaq ijodi, Nukus, 1958; Qoraqalpoq xalq qahramonlik eposi, T., 1963; Zamon va adabiyot, Nukus, 1969OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzoslari Turkum:Qoraqalpog`istonda tug`ilganlar Turkum:Adiblar haqidagi chala maqolalar Turkum:1908-yilda tugʻilganlar Turkum:1993-yilda vafot etganlar Turkum:Adabiyotshunoslar Turkum:Nukusda vafot etganlar Turkum:Xoʻjaylida tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar