Sitszyan, Xi daryo, Si-Kiang Chjutszyan, Marvaridli daryo — Xitoyning jan.sharqiy qismidagi daryo. Uzunligi 2160 km, havzasining maydoni 437 ming km². Yunnan togʻligidan boshlanib, Nannin togʻlarining jan. etaklari boʻylab oqadi va Beyszyan hamda Dunszyan daryolari bilan maydoni 16,9 ming km² li delta hosil qilib Janubiy Xitoy dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 8 ming m³/sek., yezda sersuv. Teztez suv toshqinlari boʻlib turadi. Sugʻorishda foydalaniladi. Uchjou shahridan boshlab kema qatnaydi. Deltasida Guanchjou dengiz porti joylashgan.

Turkum:Xitoydagi daryolar

Sitszyan yuqori oqimida Yuytszyan va Zuotszyan daryolarining Nannin shahri yuqorisida qoʻshilishidan hosil boʻladi.https://web.archive.org/web/20221021044341/https://bigenc.ru/geography/text/3667090 Uning asosiy irmoqlari qatoriga Beylyutszyan, Lodinzyan, Sinsinzyan, Tsyantszyan, Guytszyan va Xetszyan kiradi.https://web.archive.org/web/20221021044341/https://bigenc.ru/geography/text/3667090 Daryoning suvi asosan yomgʻir hisobidan toʻyinadi, yillik oqimning 80 foizdan ortigʻi yozgi musson toshqini davriga toʻgʻri keladi.https://web.archive.org/web/20221021044341/https://bigenc.ru/geography/text/3667090 Sitszyan suvlari gidroenergetika va sugʻorishda ishlatiladi, daryo esa Nanning shahrigacha kema qatnovi uchun yaroqli.https://web.archive.org/web/20221021044341/https://bigenc.ru/geography/text/3667090