Trapezund imperiyasi - Kichik Osiyoning shim.sharqidagi davlat (1204—1461). Poytaxti — Trapezund (hozirgi Trabzon). Vizantiya imperatori Andronik I ning nabiralari Aleksey va David Komninlar tomonidan barpo etilgan. Ularga Gruziya malikasi Tamara hamkorlik qilgan. 1243-yil moʻgʻullar istilosi davrida Trapezund imperiyasi saljuqiylar va Nikeya imperiyasi bilan ittifoq tuzgan, lekin ittifoqchilar tormor keltirilgan. Trapezund imperiyasi moʻgʻullarga oʻlpon toʻlash majburiyatini olgan. XIV asr boshida Trapezund imperiyasi Ok qoʻyunlilar bilan kurash olib borgan. 1456-yil Trapezund imperiyasi usmoniylarga oʻlpon toʻlagan, 1461-yil sulton Mehmed II qoʻshini Trapezund imperiyasini bosib olib, uni Usmonli turk imperiyasining bir viloyatiga aylantirgan.