Turkum (genus):

1) botanikada filogenetik jihatdan yaqin (qardosh) turlarni birlashtiruvchi asosiy taksonomik kategoriya. Zoologiyadagi urugʻ botanikadagi turkumiga toʻgʻri keladi. Masalan, doʻlananing (Crataegus) har xil turlari (sariq, qizil va boshqalar) doʻlanalar turkumiga birlashtiriladi. Turkumning ilmiy nomi bitta lotincha soʻz bilan yuritiladi. Turkumlar bitta, bir nechta, oʻnlab, hatto yuzlab turlardan tashkil topadi. Har bir turkum(urugʻ) biror oila tarkibiga kiradi. 2) zoologiyada hayvonlar sistematikasidagi taksonomik kategoriya, bir necha oilani birlashtiradi. Sistematikada koʻpincha turkum sinflarga bevosita emas, balki oraliq kategoriyalar (ustturkum, infra sinf, kenja sinf) orqali birlashtiriladi.

Yana qarang

Urugʻ (zoologiya)

Turkum:Taksonlar