Toʻlqinboy Bulturaliyevich Turgʻunov (1977.6.2, Qorasuv shahri) – oʻzbekistonlik bokschi, 1999-yilda „Oʻzbekiston iftixori“, 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi unvonlarini olgan. 2000-yil Andijon davlat universitetini tugatgan. 1997-yildan „Dinamo“ sport jamiyatida yoʻriqchi boʻlib ishlagan. 57 kg vaznda 1997-2000-yilda ikki karra Oʻzbekiston chempioni, 1997-yil va 1999-yillarda Osiyo chempioni, 1998-yil Tailand poytaxti Bangkok shahrida oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida, 1998-yilgi jahon kubogida va 1999-yilgi jahon chempionatida ikkinchi oʻrin sohibi boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston bokschilari Turkum:Alifbo boʻyicha bokschilar Turkum:Oʻzbekistonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar Turkum:Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari Turkum:Andijon davlat universiteti bitiruvchilari