Xalqaro sport birlashmalari — jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi jahon va mintaqaviy nohukumat tashkilotlari. Ularning soni hozirgi vaqtda 200 tadan ortiq. Xalqaro sport birlashmalarib. — universal (mas, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi — XOQ), sport turlari boʻyicha federatsiyalar (FIFA, FIDE, FAI va hokazo) tarzida boʻladi. Gimnastika federatsiyasi (1881-yil tuzilgan), akademik eshkak eshish (1892), konkida yuguruvchilar uyushmasi (1892), XOQ (1894) eng avval tashkil qilingan Xalqaro sport birlashmasi hisoblanadiOʻzME. Manbalar
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Xalqaro sport birlashmalari · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.