Xariuslar (Thymallidae) — losossimon baliqlar turkumining oilasi. Uzunligi 25-30 sm vazni 500 gr, baʼzan undan ortiqroq. Tanasi qalin tangachalar bilan qoplangan. Orqa suzgichi uzun, koʻpincha chiroyli rangli. Yon chiziqlari, jagʻlari rivojlangan. Yevropa, Shimoliy Osiyo va Shimoliy Amerika daryolarida yashaydi. 1 urugʻi 6 turi maʼlum. Oʻrta Osiyo daryolarida uchramaydi. Odatda, tubi shagal toshli daryolarda tarqalgan. Hasharotlar va ular lichinkasi, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, mayda balikdar bilan oziqlanadi. 3-4 yilda voyaga yetadi. May — iyunda shagʻal toshli suv tubiga 3—36 ming uvildiriq tashlaydi. Xarius mahalliy aholi tomonidan va sport maqsadida ovlanadi.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Xariuslar · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.