Xotima Omilovna Shayxova (1929. 15.1, Toshkent) — faylasuf olima. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995), falsafa fanlari doktori (1985), professor (1988). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1960). Toshkentdagi oʻrta maktablarda ishlagan (1946—1963). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida kichik va katta ilmiy xodim (1966—1971), boʻlim mudiri (1971—1987), Toshkent Oliy partiya maktabida kafedra mudiri (1987—1992), Toshkent iqtisodiyot universitetining professori (1992—1997). Ilmiy asarlari etika, maʼnaviy hayot, turmush tarzi, ijtimoiy adolat, tarbiyaning ijtimoiy-axloqiy va maʼnaviy muammolariga bagʻishlangan.
Asarlari Umuminsoniy qadriyatlar va maʼnaviy kamolot (hammualliflikda), T., 1992; Insonning maʼnaviy qiyofasi, T., 1993; Xulq-odob maʼnaviyat kaliti, T., 1994; Istiqlol va ayol qadri, T., 2002.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻqituvchilari Turkum:Falsafa fanlari doktorlari Turkum:Oʻzbekiston faylasuf ayollari