Toʻti Yusupova (10-mart 1936-yil, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 15-mart 2022-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston xalq artisti (1994). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1957). Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktrisasi (1957—2022). Hafiza (A.Qahhor, „Shohi soʻzana“), Sonya (A.Chexov, „Vanya togʻa“), Qorasoch (Uygʻun, „Shubha“), Hojar (A.Qahhor, „Tobutdan tovush“), Nuri (Oybek, „Qutlugʻ qon“), Ona (Eʼ Robles, „Oʻlimdan kuchli“), Xonzoda (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Shafaq (M. Karim, „Oy tutilgan tunda“), Rahima (Oʻ. Umarbekov, „Komissiya“), Sotti (S.Ahmad, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Fotima, Zebi (Oʻ.Umarbekov, „Shoshma quyosh“, „Qiyomat qarz“), Nodira (T.Toʻla, „Nodira“), Mastura (Hamza, „Paranji sirlari“) kabi turli qaxramonlar obrazini yaratdi. Qahramonlari xarakterining ijtimoiy va psixologik jihatlarini chuqur ocha bilish, ularni ruhiy goʻzallik va hayotbaxshlilik ruhi bilan taʼminlash, obraz mohiyatini muhit bilan uzviylikda olib borish Yu. ijodiga xos. „Qalliq oʻyin“ (Qizbibi), „Eski zamon hangomalari“ (Buvi) kabi filmlarda ham suratga tushganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilOʻzbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligi munosabati bilan teatr ijodkorlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining bir yilligi munosabati bilan respublika fuqarolaridan bir guruhini taqdirlash toʻgʻrisida.
Manbalar
Turkum:1936-yilda tugʻilganlar Turkum:2022-yilda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari