Oʻlaksaxoʻr qoʻngʻizlar — qoʻngʻizlar oilasi. Uzunligi 6–40 mm. Moʻylovlari toʻgʻnogʻichsimon. Qurtlari yassi, harakatchan, zahkashlarga oʻxshash. 1500 ga yaqin turi bor. Keng tarqalgan; odatda, moʻʼtadil iqlimda yashaydi. Koʻpchiligi oʻlaksaxoʻr, baʼzan goʻng va zamburugʻlar bilan oziqlanadi, ayrim turlari oʻsimlikxoʻr yoki yirtqich. Organik qoldiqlarni oʻzlashtirishi orqali; ayrim turlari entomofag sifatida foyda keltiradi. Mas, 4 nuqtali Oʻlaksaxoʻr qoʻngʻizlar tengsiz ipak qurti, odimchilar qurtini qiradi. 5Prpa urugʻi turlari qand lavlagi va gʻalla ekinlariga ziyon keltiradi. Oʻzbekistonda bir necha turi, jumladan, goʻrkov qoʻngʻiz uchraydi.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Oʻlaksaxoʻr qoʻngʻizlar · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.