Qulupnay, yertut – raʼnodoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; mevasi – rezavor mevaSunset Western Garden Book, 1995: 606–07. Navlari Yevrosiyo va Amerikada 50 turi maʼlum. Asosan „bogʻ qulupnayi“ turi, shuningdek, „oʻrmon qulupnayi“, „muskat taʼmli qulupnay“, „Virjiniya qulupnayi“ va „Chili qulupnay“ kabi qulupnayning birinchi navlari XVIII asrda Niderlandiyada paydo boʻlgan. Amerika turi – Virjiniya va Chili qulupnayi Yevropaga olib kelingan. Qulupnay Yer sharining turli iqlimli mintaqalarida – Qutb doirasidan to subtropiklargacha oʻstiriladi. Oʻzbekistonda koʻproq „bogʻ qulupnayi“ turi ekiladi. Ildizi popuksimon. Tupi oʻrtacha shoxlangan, boʻyi 10 sm gacha yetadi. Barglari yuraksimon, gullari qalqonsimon toʻpgulga yigʻilgan, ikki jinsli, oq yoki oqish-sariq, oʻzidan changlanadi. May-iyunda pishadi. Mevasi toʻq qizil, baʼzan naviga qarab oq (oqpar), 3—5 g dan 20—40 g gacha boʻlishi mumkin.

Tarkibida 80—90% suv, 7—11% qand, 0,8—1,6% kislota, 1 – 1,7% pek-tin, 0,9—1,2% azotli moddalar, shuningdek, kletchatka, kul, A, B, C vitaminlari va boshqalar bor. Yangiligida yeyiladi, kompot, murabbo qilinadi, sharbat tayyorlanadi. Qulupnay namlik talab qiladigan, yorugʻsevar (soya joyda hosil bermaydi), sovuqqa chidamsiz oʻsimlik hisoblanadi. Bir yerda 4— 5 yil oʻstiriladi. 3 yilgacha yaxshi hosil beradi. Hosildorligi 80—100 s/ga. Asosan, iyul—avgustda ildiz otib, barg yozgan gajaklari qator orasi 80 sm, tup orasi 25 sm yoki 70x70 sm sxemada koʻchat qilib ekiladi (kuzda va bahorda ham ekish mumkin, bunda kechroq hosilga kiradi). Yaxshi koʻchat ikki yillik qulupnayzordan olinadi. Qulupnayzor bahorda, oʻsish davrida mahalliy va mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantiriladi, qator oralari yumshatiladi, sugʻoriladi.

Oʻzbekistonda Qulupnayning Zenga-Zengana, Kulver, Dilbar, Muto, Toshkent, Shreder xotirasi, Oʻzbekiston navlari ekiladi.

Asosiy zararkunandalari: qulupnay kanasi, malina va qulupnay uzun burni. Kasalliklari: qulupnay nema-todasi, kulrang chirish, oq-qoʻngʻir dogʻlanish. Tavsifi Qulupnay botanika maʼnosida rezavor meva emasEsau, K. 1977. Anatomy of seed plants. John Wiley and Sons, New York.. „Meva“ning goʻshtli va isteʼmol qilinadigan qismi meva oʻrni, baʼzan notoʻgʻri „urugʻ“ deb ataladigan qismlari esa yongʻoqchalar va shuning uchun haqiqiy botanik mevalardirE-Flora BC: Electronic Atlas of the Plants of British Columbia: Fragaria virginiana ..

Kelib chiqishi Fragaria urugʻining nomi „fragum“ (qulupnay) soʻzi va -aria qoʻshimchasidan kelib chiqqan boʻlib, bu qoʻshimcha yordamida ayollar ismlari va oʻsimlik nomlari yasalgan. Lotincha nom, oʻz navbatida, proto-hind-yevropa tilining „rezavor“ degan maʼnoni anglatuvchi ildizidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi.

Inglizcha „qulupnay“ nomining kelib chiqishi (qadimgi inglizcha „strēawberie“ soʻzidan) ortidagi mantiqiy sabab noaniq. Turli xil takliflar oʻrtaga tashlangan. Shulardan biri shuki, bu nom qadimda qulupnaylarni choʻp yoki poyaga qator qilib terish odatidan kelib chiqqan degan fikr mavjud. Boshqa german tillarida bu atama mavjud emas, ular oʻrniga „yer mevasi“ degan maʼnoni anglatuvchi soʻzlardan foydalanadilar.

Manbalar

Turkum:Raʼnodoshlar Turkum:Mevalar