thumb|Qoʻshnay ijro etayotgan sozanda. (Turkiston general-gubernatorligi, 1872-yil) Qoʻshnay — oʻzbek, tojik va boshqa sharq xalqlarida tarqalgan, biriktirilgan ikki nayli, puflama tilchali cholgʻu asbobi.

Tuzulishi Qoʻshnay puflama musiqa cholgʻulari guruhida kiradi. U Oʻzbekistonning Fargʻona vodiysi va Xorazm vohasida keng ommalashgan.

Qoʻshnay silindr shaklidagi naylarda iborat boʻlib, bir-biriga oʻzaro bogʻlangan ikkita bir xil gʻarov qamishdan ishlanadi va ular bir-biriga shoyi iplar bilan birlashtiriladi. Naychalarning uzunligi 250–300 mm, diametri 14–16 mm atrofida boʻladi. Puflash uchun uchining toʻsiq qismida tilcha ochiladi. Tilchalarning tebranayotgan qismlarini qisqartirish va uzaytirish uchun ipdan halqasi hamda uning pastida 7 ta baʼzan 8 ta barmoq teshikchasi mavjud. Tilchalar ip bilan xomut qilib yuqori va pastga sozlash uchun suriladigan qilib bogʻlangan boʻladi. Teshikchalarning uzunligi 6 mm, eni esa 3 mm boʻladi.

Diapazoni 1,5-2 oktavaga yaqin, birinchi oktava „re“ notasidan ikkinchi oktava „si“ notasigacha (baʼzan uchinchi oktava „do“ notasigacha) diatonik tovushqatorga ega.

Ijro etilishi Qoʻshnayni ijro etish uchun chap qoʻlning 3 ta va oʻng qoʻlning 4 ta barmogʻi ishlatilib, unda boshqa damli cholgʻular kabi barmoqlarning uchi emas, balki ikkala naychalardagi parallel teshiklarni berkitish uchun barmoqlar tekis choʻzilgan holatda ijro etiladi. Ikkinchi oktava tovushlari asosan nafas bosimi natijasida hosil qilinadi. Lab boshqaruvi yordamida xromatik tovushqatorni ijro qilish mumkin.

Qoʻshnay cholgʻusida maqom cholgʻu kuylarini ham yakka holda ijro etish mumkin. Hozir anʼanaviy cholgʻu ijrochiligida asosan Fargʻona-Toshkent va Xorazm vohalarida, shuningdek, xalq cholgʻulari orkestri tarkibida qoʻllanadi.

Ijrochilari Oʻzbek ijrochilik amaliyotida qoʻshnay ijrochilari koʻp boʻlmagan. Lekin Fargʻonalik Ahmadjon Umurzoqov va uning shogirdi Xorazmlik Quronboy Boboxonov hamda Ziyomiddin Shokirov kabi ijrochilar oʻtgan. Hozir Matrasul Matyoqubov, Yoʻldosh Tojiyev, Saddin Saddinov, Mirzasharif Mirbaratov, Olim Xudoyberganov, Ikrom Matanov ,N.Roʻziyev,Akramjon Toshpulatov,Serzod Masharibov,Shavkat Matyoqubov,Lochinbek Mòminov,kabi qoʻshnaychi sozandalar faoliyat koʻrsatib kelmoqda

Havolalar

“Xojiniyoz” — Oʻzbek xalq kuyi Sardor Primov ijrosida “Iztirob” kuyi Shavkat Matyakubov ijrosida „Aliqambar“ kuyi Abdurashidov Javohir ijrosida „Qoʻshnay nolasi“ kuyi

Manbalar

Turkum:Musiqa asboblari Turkum:Oʻzbek cholgʻu asboblari Turkum:Puflama asboblar Turkum:Puflama cholgʻu asboblar