Gʻazali — Qozogʻiston Respublikasi Qiziloʻrda viloyatidagi shahar (1897-yildan). Gʻazali temir yoʻl stansiyasidan (Aralsk — Qiziloʻrda yoʻnali-shi) 12 km janubida Sirdaryoning oʻng qirgʻogʻidagi pristan. Aholisi 7 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Gʻisht va baliq zavodlari bor. 1853-yilda asos solingan. Tarix Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi davrida Qozalinsk 1853-yilda qal’a sifatida asos solingan va 1867-yilda shahar maqomiga ega boʻlgan. Evgeniy Shuylerning (Eugene Schuyler) soʻzlariga koʻra, u „Markaziy Osiyadagi barcha savdo yoʻllarining tutashadigan joyida, Orenburgdan kelgan yoʻl Xiva, Buxoro va Toshkent yoʻllari bilan uchrashgan nuqtada“ joylashgan edi. Manbalar
Turkum:Qiziloʻrda viloyati Turkum:Qozogʻiston shaharlari Turkum:Sirdaryo boʻyidagi shaharlar