Gʻuzordaryo – Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Qashqadaryoning chap irmogʻi. Quyi oqimida, Gʻuzor shahridan quyida Qorasuv deb nomlanadi.
Uzunligi 86 km. Havzasining maydoni 3170 km². Suv yigʻilish maydonining oʻrtacha balandligi 1532 m. Hisor tizmasining shimoli-gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadigan Katta Oʻradaryo va Kichik Oʻradaryolarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Togʻlardan oqib chiqqach, tekislikdan oqib Qashqadaryoga quyiladi.
Oʻrtacha yillik suv sarfi 5,9 m³/sek. Eng koʻp suv sarfi 15,9 m³/sek., eng kam suv sarfi 0,31 m³/sek. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Eng koʻp suv sarfi aprelda (22,5%), eng kam suv sarfi sentyabrda (3,6%) kuzatiladi. Gʻuzordaryoning yuqori qismida Pachkamar suv ombori barpo qilingan hamda daryodan irrigatsion kanallar chiqarilgan. Suvi, asosan, ekin maydonlarini sugʻorishga sarf boʻladi.
left|250px|Gʻuzordaryo havzasidagi kichik suv yigʻish maydonlari
Manbalar
Turkum:Qashqadaryo viloyati daryolari