Abdullayev Yorqul (1942.18.3, Samarqand viloyati Gʻozgʻon qishlogʻi) — iqtisodchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), iqtisod fanlari doktori, professor (1990). Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tugatgan (1968). Shu institutda assistent (1968-72), statistika kafedrasida katta oʻqituvchi (1972-74), dotsent (1980), hisob-iqtisod fakulteti dekani (1985-91), 1991-yildan Toshkent moliya institutida prorektor. Ilmiy ishlari mintaqaviy statistika masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar Makroiqtisodiy statistika, T., 1996; Bozor iqtisodiyoti iazariyasi va amaliyoti, T., 1999; Menejment, T., 2001; Statistika, T., 2002.

Turkum:1942-yilda tugʻilganlar Turkum:18-martda tugʻilganlar Turkum:Samarqand viloyatida tugʻilganlar Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻqituvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik iqtisodchilar Turkum:Iqtisodiyot fanlari doktorlari Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Sovet professorlari Turkum:Dotsentlar