Kamolidiin Fahriddinovich Tojiyev (1983-yil 3-may, Jizzax viloyati) — oʻzbekistonlik professional futbolchi va futbol murabbiyi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Paxtakor klubi sobiq aʼzosi. Himoyachi va tayanch yarim himoyachisi pozitsiyasida oʻynagan. Hozir „Paxtakor“ jamoasida murabbiy.

Futbolchilik faoliyati Kamoliddin Tojiev 2002-yilgi Oʻzbekiston Ligasi mavsumida Toshkentning „Paxtakor“ klubiga kelib qoʻshildiUzbekistan 2002 at rsssf.org. 23 Mar 2003. Retrieved 08-04-2013 Klubdagi bir necha mavsumdan soʻng „Soʻgʻdiyona Jizzax“ klubiga ijaraga berildiUzbekistan 2006 at rsssf.org. 31 Jan 2007. Retrieved 08-04-2013. „Paxtakor“ga qaytganidan soʻng jamoada muntazam oʻynay boshladi va jamoa safida 2011-yilgacha toʻp surdi. 2000-2011-yillarda koʻplab chempionlik unvonlari va medallarni qoʻlga kiritgan, ammo asosiy tarkibda mustahkam oʻyinchi boʻlmagan. Jamoa bilan Osiyo chempionlar ligasi oʻyinlarida ishtirok etgan. 2011-yilda Xitoy Superligasida oʻz faoliyatini davom ettirishga qaror qildi va „Jiangsu Sainty“ klubi bilan 2 yarim yilga shartnoma tuzdi. Himoyachi shartnoma muddatini toʻliq oʻtkazib, Xitoy chempionatida 70 ta oʻyin oʻtkazib, 2ta gol urdi, 2012-yilda vitse-chempion, 2013-yilda esa Xitoy Superkubogi sohibiga aylandiKamoliddin Tajiev at footballtop.com. Retrieved 08-04-2013. 2014-yilda sobiq jamoasi — „Paxtakor“ga qaytdi va 2019-yilgacha jamoa sharafini himoya qildi. 2019-yildan Bekobodning „Metallurg“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil mavsum soʻnggida futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi.

Milliy terma jamoa 2007-yildan buyon Oʻzbekiston terma jamoasi oʻyinlarida ishtirok etib kelmoqda. Birinchi oʻyin 2007-yilning 7-fevralida Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan. 2007-yildan 2012-yilgacha milliy terma jamoa safida 9 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan bor-yoʻgʻi ikkitasi Osiyo Kubogi saralashida, qolganlari oʻrtoqlik oʻyinlarida boʻlgan. 2016-yilning fevral oyida yana terma jamoaga chaqirildi va Livanga qarshi oʻyinda ishtirok etdi.

Murabbiylik faoliyati 2022—2025-yillarda Paxtakor klubining U21 jamoasiga murabbiylik qilgan.

2025-yil 9-maydan buyon Paxtakor klubini boshqarib kelmoqda. Uning murabbiylik uslubi asosan 4-2-3-1 taktik sxemasiga asoslanadi. 2025-yil yakunlariga koʻra, Superliganing „Eng yaxshi murabbiyi“ sovrini uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan. 2025-yilning may oyida va 2026-yilning mart oyida Oʻzbekiston Superligasining eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Yutuqlar Futbolchi sifatida Paxtakor Toshkent Oʻzbekiston Superligasi chempioni: (7) 2002, 2003, 2004, 2005, 2007, 2014, 2015 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (6) 2002, 2003, 2004, 2005, 2007, 2009

Jiangsu Sainty Xitoy Superkubogi sohibi: 2013

Murabbiy sifatida Paxtakor Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2025

Yana qarang Kamoliddin Tojiboyev

Manbalar

Havolalar Kamoliddin Tojiyev Transfermarkt saytida Kamoliddin Tojiyev Playmakerstats saytida Kamoliddin Tojiyev Soccerway saytida Kamoliddin Tojiyev Footballfacts Kamoliddin Tojiyev NFT saytida

Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Akademiya klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Jiangsu F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar