Mixail Mesxi nomidagi stadion - Gurjiston poytaxti Tbilisida joylashgan futbol va regbi uchun moʻljallangan stadiondir. Ushbu stadion 2001-yilda qurib bitkazilgan va oʻsha yili foydalanishga topshirilgan. Stadionda «Lokomotiv Tbilisi» futbol klubi oʻz uy oʻyinlarini oʻtkazadi. Ushbu stadionda Gurjiston Milliy terma jamoasi ham baʼzi oʻyinlarini oʻtkazadi. Stadion nomi gruzin futbolchisi Mixail Shalvovich Mesxi sharafiga qoʻyilgan. Sigʻimi 24.700 tomoshabinga moʻljallangan. Ushbu stadion yirikligi boʻyicha Gurjistonda Boris Paychadze nomidagi stadiondan keyingi oʻrinda turadi.
300px Toʻliq nomi Mixail Mesxi nomidagi stadion Joylashuvi , Tbilisi Qurilgan yili 2001-yil Ochilgan yili 2001-yil Sigʻimi 24.700 Maydon oʻlchami 105x68m Uy jamoasi Lokomotiv Tbilisi
Turkum:Gurjiston stadionlari