Ilgizar Matyoqubovich Sobirov (; 20-fevral 1959-yil, Qoʻshkoʻpir, Xorazm viloyati) – Oʻzbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi (2006-2015), Xorazm vioyati adliya boshqarmasi boshligʻi (2015-2017), Xorazm viloyati hokimi (2017-2018), yuridik fanlar nomzodi.

Biografiyasi 1986-yilda Toshkent universitetini huquqshunos mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

2005-yilda Mеhnat shuhrati ordеni bilan mukofotlangan.

1986-1987-yillarda – Toshkent davlat universiteti yuridik fakulteti yoshlar tashkilotining kotibi, „Jinoyat huquqi va kriminologiya“ kafedrasi xodimi.

1988-1992-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti „Jinoyat huquqi va kriminologiya“ sektori ilmiy xodimi.

1992-1993-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining katta yordamchisi.

1993-1994-yillarda – Toshkent davlat yuridik institutining xalqaro munosabatlar va tarbiyaviy ishlar masalalari boʻyicha prorektori.

1994-1997 – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining yordamchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudyasi, Oliy xoʻjalik sudi Plenumi va hayʼatining kotibi.

1997-1999 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar boʻyicha ekspert guruhi konsultanti.

1999-2000 – Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshligʻi.

2000-2003 – Oliy Majlisning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oliy Majlisning qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi.

2003-2005 – Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani hokimi.

2005-2006 – Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi.

2006-yil 24-fevraldan 2015-yil 23-fevralgacha – Oliy Majlis Senatining Raisi. „Milliy tiklanish“ Oʻzbekiston demokratik partiyasi aʼzosi.

2015-2017 – Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshligʻi.

2017-yildan 2018-yilgacha – Xorazm viloyati hokimiIlgizar Sobirov Xorazm viloyati hokimligidan ketdi.

2018-yil 5-oktyabrdan – Chilonzor tumani jinoyat ishlari boʻyicha sudi raisiIlgizar Sobirov jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sududa ish boshladi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston huquqshunoslari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Xorazm viloyati hokimlari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Oʻzbekiston tuman kengashlari deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar