Mumford & Sons ("Mumford va oʻgʻillari") britan folk-rok guruhidir. Guruh aʼzolari: Marcus Mumford (vokal, gitara, dovul, mandolina), Ben Lovett (vokal, klavish, akkordeon, dovul), Winston Marshall (vokal, banjo, gitara, dobro) va Ted Dwane (vokal, kontrabas, dovul, gitara). Mumford & Sons 2007-yil dekabrida gʻarbiy Londonda tashkil topgan.

Mumford & Sons "Lova Your Ground" nomli minialbom chiqarib, Birlashgan Qirollik va Qoʻshma Shtatlarda kichik konsertlar berib yurishdi. 2009-yili oktabrida guruhning Sigh No More albomi chiqdi. Albom Irlandiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya chartlarida birinchi raqamni egallab, Qoʻshma Shtatlardagi Billboard reytingida ikkinchi oʻringa chiqdi. 2010-yil 1-dekabrida guruh ikkita Grammy — Eng Yaxshi Yangi Artist va Eng Yaxshi Rock Qoʻshiq ("Little Lion Man") mukofotiga nomzod qilindi. Guruh 2010-yilda ARIA, 2011-yilda esa Brit mukofotlarini oldi.

Guruhning ikkinchi albomi, Babel, 2012-yil sentabrida chiqdi. Albom Buyuk Britaniya va AQSh chartlarida birinchi oʻrinni egalladi."New Mumford & Sons album Babel is fastest seller of 2012 in UK and US". The Guardian. Retrieved 3-oktabr 2012-yil"Mumford & Sons' 'Babel' Scores Biggest Debut of Year, Bows at No. 1 on Billboard 200 Chart". Billboard. Retrieved 3-oktabr 2012-yil 2013-yilgi Grammy taqdimotida Babel Yil Albomi mukofotini oldi.

2013-yil 20-sentabrida guruh taʼtilga chiqishini eʼlon qildi.Mumford and Sons taking a break". Huffington Post 2014-yil 20-iyulida Ben Lovett guruh Londonda uchinchi albomini yozayotgani haqida xabar qildi.Ben Lovett Announces his Engagement and Work on New Album , MumsonFans.com 22-iyul 2014-yil.

Diskografiyasi Sigh No More (2009) Babel (2012)

Manbalar

Havolalar

Mumford & Sons VEVO, YouTube

Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Brit mukofoti sovrindorlari