thumb|right|200px|Ittifoq bayrogʻi thumb|right|200px
Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YOII) — 29-may 2014-yilda tashkil etilgan iqtisodiy ittifoq. Ushbi ittifoqga Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Armaniston davlatlari kiradi. Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi aʼzo davlatlarning bir-biri bilan xalqaro va oʻzaro birlikni kuchaytirishni oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekiston Iqtisodiy ittifoqqa qoʻshilishda ikkilanmoqda, Oʻzbekiston amaldorlari integratsiya istiqboliga qarshi daʼvolar bildirmoqdalar. Mamlakat bugungi kunga qadar iqtisodiy va siyosiy integratsiyani amalga oshirmaslikni afzal koʻrmoqda. Rossiya amaldorlari ushbu mamlakat bilan integratsiyalashuv sust boʻlishini taʼkidladilar va tahlilchilar Rossiyaning taʼsiri hamda Qirgʻiziston va Tojikistonda savdo-sotiqning kuchayishi bilan Oʻzbekistonning kelajakda qoʻshilishi mumkinligini aytmoqdalar. Rossiya integratsiyalashuv jarayonini davlatning $865 million miqdoridagi qarzini oʻchirib yuborishini eʼlon qilganida boshlagan. Oʻzbekiston MDHning erkin savdo hududiga 2014-yilda qoʻshilgan boʻlib, mamlakat YOIIga aʼzo davlatlar bilan erkin savdo qiladi.Uzbekistan joins CIS free trade zone, azernews.az. Retrieved 23-iyun 2016-yil. Ayrim manbalarga koʻra, Oʻzbekiston YOIIga toʻlaqonli aʼzo boʻlib kirmoqchi emas. Chunki, Oʻzbekistonning amaliy betarafligi mamlakat qonunchiligida mustahkamlanib qoʻyilgan.
Aʼzo davlatlar thumb|400px|
Davlat Kirish sanasi Imzolangan sana
Moldova 2017-yilning aprelida kuzatuvchi maqomini oldi.
Oʻzbekiston va Kuba 2020-yilning 11-dekabrida kuzatuvchi maqomiga ega boʻlishdi. 2021-yil dekabrda boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlaridan soʻng, Oʻzbekiston 2022—2023-yilga qadar toʻlaqonli aʼzo boʻlishi kutilgan edi.
Yana qarang Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati NATO Yevropa Ittifoqi Sovet Ittifoqi
Manbalar
Havolalar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) Eurasian Economic Commission (EEC) Legal portal of the Eurasian Economic Union (EAEU) Belarus parlamenti Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qildi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi 2015-yildan oʻz ishini boshlaydi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini tashkil etish haqidagi shartoma imzolandi
Turkum:Siyosat Turkum:Rossiya iqtisodiyoti Turkum:Qozogʻiston iqtisodiyoti