Islom Toʻxtaxoʻjayev (1989-yili 3-oktabrda Fargʻona shahrida tavallud topgan) – oʻzbekistonlik futbolchi. Andijonning „Andijon“ klubida himoyachi ampulasida oʻynaydi. Oʻzbekiston miliiy terma jamoasi tarkibida oʻynagan va 4 ta jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan.

Faoliyati

Neftchi Fargʻona Islom Toʻxtaxoʻjayev professional futboldagi ilk faoliyatini 2009-yili, tugʻilib oʻsgan shahri Fargʻonaning Neftchi futbol klubida boshlagan. Islomning potensiali yuqoriligi tufayli „Neftchi“ klubining asosiy tarkibiga jalb qilinishidan avval Oʻzbekiston Terma jamoasi safiga Mirjalol Qosimov tarafidan taklif etilgan. Neftchilar safida u to 2011-yilgacha toʻp sudi va shu mavsum oraligʻida 59 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini jaʼmi 3 marta ishgʻol qilgan.

Lokomotiv Toshkent U 2012-yili Toshkentning „Lokomotiv“ futbol klubi bilan shartnoma imzaoladi. Temiryoʻlchilar safida 8 mavsum harakat qilgan Islom, „Lokomotiv“ klubini himoya qoʻrgʻonini haqiqiy mustahkam qoʻrgʻoniga aylandi. Jamoa bilan Oʻzbekiston Superligasi chempionligi, Oʻzbekiston Kubogi sohibi, Oʻzbekiston Superkubogi sohibi boʻldi va bir necha yil Osiyo chempionlar ligasida jamoa sharafini munosib himoya qildi. Toʻxtaxoʻjayev „Lokomotiv“ klubida Milliy chemoinat oʻyinlarida 191 oʻyinda 19 ta gol muallifi boʻldi.

Liaoning Shenyang Urban 2020-yil mavsum boshida Xitoy Superligasi vakili „Liaoning Shenyang Urban“ klubi bilan shartnoma imzoladi va faoliyatida ilk bor legionerga aylandi. Xitoyliklar safida 12 uchrashuvda ishtirok etdi va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi ammo 2020-yilgi Xitoydagi „Koronavirus“ kasalligi tufayli klub bilan hamkorlikni davom ettirmadi.

Qizilqum 2021-yilgi mavsum avvalida „Liaoning Shenyang Urban“ klubi bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng Navoiyning „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Bir yarim mavsum davomida „Oltin qazuvchilar“ safida 40 dan ortiq uchrashivda ishtirok etdi va jamoning asosiy futbolchilaridan biri boʻldi.

Al-Garafa 2022-yilning 25-iyunidan Qatarning „Al-Garafa“ klubida oʻynamoqda.

Klub faoliyatidagi statistikasi 2025-yil 30-noyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.I. TUKHTAKHUJAEV at Soccerway.com 2020-07-30 Retrieved 2020-07-30 KlubMavsumLigaMilliy kubokXalqaroBoshqaUmumiyLigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolNeftchi Fargʻona2009Oʻzbekiston Oliy ligasi2010000 —201201022020 — —240201117230 — —202Umumiy593500000643Lokomotiv Toshkent2012Oʻzbekiston Oliy ligasi23340 — —27320132654010 —31520142315010002912015242604010352201621230101 —34320172214060 —3212018Oʻzbekiston Superligasi2802161 —3622019245105110316Umumiy191192913332025523Liaoning Shenyang Urban2020Xitoy Superligasi122— — —122Qizilqum2021Oʻzbekiston Superligasi25041——291202213030——160Al-Garafa2022/23Qatar yulduzlar ligasi21120—40271Umumiy71391—40844OKMK2023Oʻzbekiston Superligasi1003060—190202416131——192202525230——282Umumiy5139160—664Umumiy faoliyati372285233936046934

Terma jamoadagi faoliyati Islom oʻzbekistonlik yoshlar terma jamoasida ham ishtirok etgan, oʻz mamlakatini 19 yoshgacha boʻlgan yoshdan 20 yoshgacha boʻlgan barcha bosqichlarda himoya qilgan. U shuningdek, kattalar terma jamoasida ham ishtirok etgan. Islom Toʻxtaxoʻjayev terma jamoadagi ilk debyut oʻyinini 2009-yili 28-yanvarda milliy terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda boshlagan.

Terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Islom Toʻxtaxoʻjayevni 2015-yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga qatnashish uchun terma jamoa safiga chaqirdi va ushbu turnirning guruh bosqichida u bitta terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda qatnashdi.

Milliy terma jamoa uchun gollar

Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.

№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusoboqa1.2015-yil 31-martAjinomoto Stadium, Chōfu, YaponiyaOʻrtoqlik uchrashuvi2.2019-yil 10-oktabrPaxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston4-05-02022-yilgi jahon chempionati saralashi

Yutuqlari Lokomotiv tarkibida

Oʻzbekiston Superligasi chempioni (3): 2016, 2017, 2018

Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2013, 2014, 2015 Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014, 2016, 2017 Oʻzbekiston super kubogi finalisti: 2014 Oʻzbekiston super kubogi gʻolibi: 2015, 2019

Mukofotlari 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Havolalar

Islom Toʻxtaxoʻjayev footballfactsru saytidagi profili Islom Toʻxtaxoʻjayev Soccerway saytida Islom Toʻxtaxoʻjayev Euro-football saytida Islom Toʻxtaxoʻjayev Transfermarkt saytida Islom Toʻxtaxoʻjayev sport.mailru saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Liaoning Tieren F.C. futbolchilari Turkum:Al-Gharafa SC futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qatardagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Xitoy Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:„Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar