Gurbanguli Berdimuhamedov (; 1957-yil, 29-iyun, Babarap qishlogʻi, Turkmaniston SSR) — Turkmanistonning ikkinchi prezidenti. Berdimuhamedovning asli kasbi Sogʻliqni saqlash ministri boʻlib, u 2006-yili 21-dekabrda avvalgi prezident Saparmurat Niyozov vafotidan soʻng prezident vazifasini bajara boshlagan. 2007-yil 14-fevralda prezident etib saylangan.
Taʼlimi Berdimuhamedov 1979-yilda Turkman davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Shuningdek, u Moskvada tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
Siyosiy yuksalishi 1995-yilda Saparmurot Niyozov davrida Sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi stomatologiya markazi boshligʻi boʻldi. U 1997-yilda hukumatga Sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlangan va qoʻshimcha ravishda Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari lavozimiga oʻxshash lavozimga tayinlangan.
2007-yil 14-fevralda prezident etib saylangan. 2022-yil 12-martda Turkmanistonda prezidentlik saylovi oʻtkazildi. 2022-yil 19-martda Gurbanguli Berdimuhamedov lavozimidan istefoga chiqdi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar
Turkum:Turkmaniston generallari