„Choliqushi“ () – turk yozuvchisi Reşat Nuri Güntekin qalamiga mansub roman. Ilk bor 1922-yil chop etilgan. Asarda yosh oʻqituvchi Farida va uning Komronga boʻlgan muhabbati haqida hikoya qilinadi.
Romanni oʻzbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida bir necha marta nashr qilingan.
1966-yil „Choliqushi“ asosida film suratga olingan. 1986- hamda 2013-yillarda esa asar asosida teleserial olingan. 1986-yilgi serial „Oʻzbektelefilm“ kinostudiyasida oʻzbek tiliga dublyaj qilingan.
Syujeti Romandagi voqealar Birinchi jahon urushi arafasida yuz beradi. Asarning bosh qahramoni Feride ota-onasining vafotidan soʻng, hayotda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Feride oʻz xolasining oʻgʻli Kamronni sevib qoladi. Kamron ham uni sevadi, ammo oilaviy sharoitga koʻra ular birga boʻla olmaydilar. Feride oʻqituvchi boʻlib ishlash uchun chekka qishloqqa ketadi. Asar soʻnggida ikki yosh nihoyat bir-biriga yetishadi.
Qahramonlari Farida (Choliqushi) () — bosh qahramon Komron () — Faridaning sevgilisi Basima () — Faridaning xolasi, Komronning onasi Mujgon () — Faridaning xolavachchasi Oysha () — Faridaning xolasi, Mujgonning onasi Munisa () — Faridaning boqib olgan qizi Xayrullo () — yoshi keksa doktor Sayfuddin () — Komronning otasi
Romanni oʻzbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida bir necha marta, jumladan, 1968- hamda 1988-yillarda chop etilgan. Mazkur nashrlar Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Roman oxirida Miad Hakimov soʻngi soʻzi keltirilgan.
Manbalar
Havolalar „Choliqushi“ Ziyouz saytida
Turkum:Klassik turk romanlari Turkum:1922-yil romanlari