„Bir qultum fojiasi — ichkilikbozlik ziyoni haqidagi hajviyalar, voqeiy hikoyalar, sheʼrlar, hikmatli soʻzlar hamda maqollar jamlangan toʻplam. 1986-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.

Toʻplamni Zikrilla Egamberdiyev va Toʻlqin Rasulev tuzgan. Unga Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Neʼmat Aminov, tuzuvchi Toʻlqin Rasulev hamda boshqalar qalamiga mansub kichik hikoyalar kiritilgan. Shuningdek, toʻplamga xalq ijodi namunalari ham kiritilgan. Asarga kiritilgan hajviyalar va atamalar uslubi ilmiy ishlarda tahlil qilingan.

Boʻlimlari „Havjiy va voqeiy hikoyalar“ „Donolarning nasihatlari“ „Maqollar“ „Hikoyat va rivoyatlar“ „Chogʻir firoqi ado etdi mani“ „Tajribalar hikoya qiladi“ „Qadimgi kitoblar zarvaraqlaridan“ „Qiziq gaplar, badmastlarga jazolar“

Manbalar

Havolalar „Bir qultum fojiasi“ Ziyouz saytida

Turkum:Sheʼriy kitoblar Turkum:Hajviya kitoblar