„Ivan Ivanovich bilan Ivan Nikoforovich oralarida boʻlib oʻtmish janjallar hikoyati“ () — rus yozuvchisi Nikolay Gogol qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1834-yil Aleksand Smirdinning „Novoselye“ almanaxida chop etilgan. 1835-yil kichik oʻzgartirishlar bilan muallifning „Mirgorod“ qissalar toʻplamiga kiritilgan. Asarni Nabi Alimuhamedov oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Syujeti Qissada ikki yaqin doʻst – Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich arzimagan narsa ustidan janjallashib qoladi. Ivan Ivanovich Ivan Nikiforovich, Ivan Nikiforovich esa Ivan Ivanovich ustidan sudga arz qiladi. Sudya ikki doʻstni oʻz arzini qaytib olishga chaqiradi, ammo ikki doʻst bunga rozi boʻlmaydi.

Ularning umumiy doʻstlari ikkisini yarashtirishga harakat qiladi, ammo ularning urinishlari zoye ketadi. Oradan 12 yil oʻtib, ikkisiga ishni yopishni vaʼda qiladilar. Bu orada ularning koʻp doʻstlari oʻladi, ammo ular sud qarorini kutib yuraveradilar.

Qahramonlari Ivan Ivanovich Pererepenko – pomeshchik Ivan Nikiforovich Dovgochxun – Ivan Ivanovichning qoʻshnisi, pomeshchik Gapka – Ivan Ivanovichning kalitdori Gorpina – Ivan Nikiforovich uyidagi kampir Agafiya Fedoseyevna – Ivan Nikiforovichning tanishi Demyan Demyanovich – sudya Taras Tixonovich – sud kotibasi Pyotr Fyodorovich – gorodnichiy Anton Prokofyevich Golopuz – gorodnichiy mehmoni Ivan Ivanovich (bosha) – gorodnichiy mehmoni, gʻilay Orishko – sud xizmatkori

Oʻzbekcha tarjimasi Asarni oʻzbek tiliga Nabi Alimuhamedov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1972-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“da chop etilgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Shomirzayev – muharrir, D. Sinitskiy – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Shishkina – texnik muharrir, D. Obidova – musahhih. Adadi – 30 000 nusxa.

Havolalar

„Ivan Ivanovich bilan Ivan Nikoforovich oralarida boʻlib oʻtmish janjallar hikoyati“ Lib.ru saytida

Turkum:Qissalar