Oʻzbekiston Prezidenti saylovi 1991-yilning 29-dekabr kuni boʻlib oʻtdi. Saylovchilarning kelishi 94,2 %ni tashkil etdiNohlen, D, Grotz, F & Hartmann, C (2001) Elections in Asia: A data handbook, Volume I, p496 . Saylov natijalariga koʻra, „Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi“dan koʻrsatilgan nomzod Islom Karimov 87% ovoz bilan gʻalaba qozondi. Saylovlar mustaqillik referendumi bilan bir vaqtda oʻtkazildi.

Ushbu saylovlar Oʻzbekiston tarixida hozirga qadar haqiqiy muxolifat nomzodi ishtirok etgan yagona prezidentlik saylovi boʻldi. Shundan buyon oʻtkazilgan barcha saylovlarda faqat nomigagina muxolifat nomzodlari ishtirok etgan deb hisoblanadiTwo Steps Backward In Uzbekistan. Keyinchalik Karimov 2016-yilda vafot etgunga qadar mamlakatni boshqardi.

Tarixi Karimov 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Oʻzbekiston SSRning birinchi Prezidenti etib saylangan. Saylovda 491 nafar deputat uning nomzodini yoqlab, 7 nafari qarshi ovoz berganNikolai Borisov (2018) Prezidentstvo na postsovetskom prostranstve: protsessi genezisa i transformatsiy p35Orphaned Dictator: The Making Of Uzbekistanʼs Islam Karimov RFERL, 24 March 2015.

Nomzodlar Dastlab bir qancha taniqli shaxslar oʻz nomzodini qoʻyishga qiziqish bildirgan. Karimov va taniqli muxolifat yetakchisi Muhammad Solihdan tashqari, „Birlik partiyasi“dan Abdurahim Poʻlatov hamda „O‘zbekiston Islom Uyg‘onish partiyasi“ yetakchisi Abdulloh Utayev ham oʻz nomzodlarini qoʻygan. Biroq hukumat tomonidan yaratilgan toʻsiqlar tufayli ular nomzod sifatida roʻyxatdan oʻta olmadilar: Poʻlatov yetarli miqdorda imzo toʻplay olmadi, Utayev esa partiyasi hukumat tomonidan tan olinmagani sababli roʻyxatdan oʻta olmadi. Pulatovning taʼkidlashicha, hukumat yangi saylov qonuni orqali uning saylovda ishtirok etishiga toʻsqinlik qilmoqchi boʻlgan, ushbu qonunga koʻra, nomzodlar imzolarni atigi bir necha kun ichida toʻplashlari kerak ediHuman Rights and Democratization in the Newly Independent States …, Volume 88. Oxir-oqibat, Solih yagona muxolifat nomzodi boʻlib qoldi.

Haqiqiy muxolifat nomzodi ishtirok etganiga qaramay, hukumat apparati va davlat ommaviy axborot vositalarini nazorat qilgani sababli Karimovning gʻalaba qozonishi kutilgan edi. Solihga bir nechta telekanallarda atigi 15 daqiqa efir vaqti berilgan boʻlsa, Karimovning nutqlari esa muntazam ravishda namoyish etib borilgan. Solih oʻz saylovoldi targʻibotida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarni liberallashtirishni vaʼda qilishga eʼtibor qaratgan boʻlsa, Karimov Oʻzbekistonning suvereniteti hamda ijtimoiy va maʼnaviy tiklanishiga urgʻu berganUzbekistanʼs International Relations.

Natijalar Rasmiy natijalarga koʻra, Karimov saylovda 87 foizdan sal koʻproq ovoz toʻplab, Solih ustidan katta ustunlik bilan gʻalaba qozondi va qayta Prezident etib saylandi. Biroq kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, saylov Karimov hukumati tomonidan jiddiy soxtalashtirilgan boʻlib, saylov qoidalarining koʻplab buzilishi va saylov byulletenlarini noqonuniy ravishda toʻldirish holatlari kuzatilgan. Saylovning dastlabki natijalariga koʻra, Solih 30% va Karimov 40% ovoz olgan boʻlib, bu saylovning ikkinchi bosqichini oʻtkazishni taqozo etishi mumkin edi. Biroq bir necha soat oʻtib, natijalar qayta koʻrib chiqildi va Karimov 50 foizdan ortiq ovoz bilan gʻalaba qozongani eʼlon qilindiUzbekistan: Opposition Erk Party Wants in on October Presidential Election. Bir qancha mustaqil kuzatuvchilar Solih 50 foizdan ortiq ovoz olganini taʼkidlaganErk, Uzbekistanʼs First Opposition Party, Says It Will Attempt To Field A Presidential Candidate.

Solih Helsinki komissiyasiga bergan bayonotida amalda 30 foiz ovoz olganini aytdi va bu bilan Karimov saylovda gʻolib chiqqanini tan olganiga ishora qildi. Biroq u saylov jarayoni adolatsiz oʻtkazilganidan noroziligini ham bildirganThe Referendum on Independence and Presidential Election in Uzbekistan …. Keyinchalik u Poʻlatov bilan birga talabalar namoyishida yangi saylov qonuni asosida qayta saylov oʻtkazilishini talab qildiErk, Uzbekistanʼs First Opposition Party, Says It Will Attempt To Field A Presidential Candidate. Biroq oxir-oqibat Karimov rejimi namoyishni bostirdi, Poʻlatov va Solih esa keyinchalik mamlakatni tark etib, surgun qilindiUzbekistanʼs International Relations.

Manbalar

Turkum:Prezidentlik saylovlari