„Freakonomics“ („Frikonomika“), toʻliq nomi „Freakonomics: A Rogue Economist Explores the Hidden Side of Everything“ („Frikonomika: Muttaham iqtisodchi hamma narsining yashirin jihatini oʻrganadi“) — Chicago universiteti iqtisodchisi Steven D. Levitt hamda „The New York Times“ gazetasi jurnalisti Stephen J. Dubner qalamiga mansub iqtisod boʻyicha kitob. Ilk bor 2005-yil Pennsylvania shtatining Scranton shahrida „William Morrow“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Asar pop madaniyat bilan iqtisod qorishmasi oʻlaroq baholanadi.

Kitob yaxshi kutib olindi va tez orada bestsellerga aylandi. Toʻrt yil ichida kitobning 4 milliondan oshiq nusxasi sotildi. „Freakonomics“ muvaffaqiyati ortidan mualliflar „SuperFreakonomics“ kitobini yozgan.

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayt Kitob taqrizi

Turkum:Iqtisod boʻyicha kitoblar