Jasliq aerodromi – Qoraqalpogʻistonning Jasliq qishlogʻidan 9 km uzoqlikda joylashgan sobiq harbiy aviabaza. Sovet Ittifoqi davrida harbiy qismlarga xizmat koʻrsatish va kimyoviy qurollarni sinovdan oʻtkazish uchun qurilgan. 1990-yilda yopilgan. Hozir bu yerda axloq tuzatish ishlari uchun moʻljallangan muassasa faoliyat koʻrsatadi.
Aerodrom yaqinida mahalliy parvozlar uchun Tuley aeroporti ham bor.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston aeroportlari Turkum:Oʻzbekiston harbiy aerodromlari Turkum:SSSR harbiy aerodromlari Turkum:Qoraqalpogʻiston geografiyasi