Irma dovuli — 5-darajali kuchli atlantik tropik sikloni. 2010-yilgi "Juliyahttps://twitter.com/philklotzbach/status/903355414858919936" dovulidan soʻng, birinchi eng katta sharqiy Atlantik okeanida paydo boʻlgan dovul va 2017-yilgi Atlantik dovullar mavsumining ikkinchi yirik dovuli. Tarixdagi 5-darajali dovulardan eng koʻp davom etgani va atlantika dovularidan eng kuchlisi.

Irma — Afrika mintaqasida kuchli tropik toʻlqinlar chiqishida Kabo-Verde orollarida 30-avgust 2017-yili paydo boʻlgan. Qulay sharoitlar sababli 24 soat ichida Irma dovuli ikkinchi daraja xavfiga tushdi. 5-sentyabr kuni Irma juda yirik 5-darajali dovulga aylandi. Shamolning tezligi 295 km/s yetdi (shamolning kuchayishi 360 km/s yetdi), bu Irmani eng kuchli atlatik tropik sikloniga aylatirda, 2005-yilgi "Vilma" dovuli paytidan soʻnghttps://www.theverge.com/2017/9/1/16239514/hurricane-irma-east-coast-cape-verde-flooding-stormhttps://phys.org/news/2017-08-gpm-satellite-tropical-storm-irma.html.

Irma dovuli Barbuda, Sen-Bartelemi, Sen-Marten, Angilya, Virginiya orollari, Terks va Kaykos va Bagama orollarining janubiy hududida juda ogʻir vayronalarga olib keldihttps://www.theguardian.com/world/live/2017/sep/07/hurricane-irma-live-latest-updates-caribbean. Barbuda va Sen-Martenda dovul 90% binolarni xonavayron qilgan, yarimidan koʻp odam uysiz qolgan. Sint-Martenda Juliana Malikasi Xalqaro Aeroporti barbod boʻlganhttps://ria.ru/world/20170907/1501975237.html. Maʼlumotlarga koʻra 8-sentyabrda 23 kishi halok boʻlgan.

8 va 9-sentyabr tuni dovul Kubaning shimoliy qirgʻoqlariga yetgan va orolning qirgʻoq chizigʻi tomon yoʻl olgan. Shimoliy sharq provinsiyalari ancha vayron boʻlganhttp://www.bbc.com/russian/news-41210299. Etralab 10-sentyabr kuni u Floridaga yetib borishi kerak. Shtatning janubida 5,6 million odam evakuatsiya qilingan. Shu sabab Mayami dovul vaqtida sharpa-shaharga aynaldi.

Yana qarang Jose dovuli Katia dovuli Harvey dovuli Maria dovuli

Manbalar

Turkum:2017-yil voqealari Turkum:sentyabr voqealari Turkum:Dovullar mavsumi Turkum:Sentabr 2017-yili Turkum:Sentabr Turkum:2017-yil Atlantika dovul mavsumi