Ser Kazuo Ishiguro (, ; 1954-yil 8-noyabr, Nagasaki, Yaponiya) — asli yapon millatiga mansub britaniyalik yozuvchi, Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotining 2017-yilgi laureati.

Tarjimayi holi 1954-yil 8-noyabrda Yaponiyaning Nagasaki shahrida okeanograf Shizuo Ishiguro va uning rafiqasi Shizukoning oilasida tugʻilgan. 1960-yilda, Kazuo besh yoshligida, Ishiguro oilasi Britaniyaga koʻchib oʻtadi. Oila Surrey grafligining maʼmuriy markazi boʻlgan Guildford shahrida istiqomat qila boshlaydi. Koʻchishga Kazuoning otasiga Milliy okeanografiya institutida tadqiqot olib borish uchun taklif tushgani sabab boʻladi.

Kazuo dastlab Stuftondagi boshlangʻich maktabda, keyinchalik Surrey Grammatika maktabida tahsil olganBarry Lewis (2000). Kazuo Ishiguro. Manchester University Press.. Oʻrta maktabni tamomlagach, bir yil tanaffus olib, AQSh va Kanada boʻylab sayohat qilgan. U yoshligidan musiqachi boʻlishni orzu qilgan va shu maqsadda turli klublarda chiqish qilgan hamda prodyuserlarga oʻzining ijodiy asarlaridan yuborgan. Biroq uning bu boradagi urinishlari muvaffaqiyatli boʻlmagan.

1974-yilda Kazuo Kent universitetiga oʻqishga kirdi va 1978-yilda ingliz tili va falsafa yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr darajasini oldi. Shundan soʻng Londonda ijtimoiy ishchi boʻlib ishlagan.

1980-yilda Sharqiy Angliya universitetida sanʼat yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini olgan. Universitetdagi ijodiy rahbari Malkolm Bredberi boʻlgan, Ishiguroning ustozlaridan biri esa taniqli yozuvchi Angela Carter boʻlgan. 1983-yilda Ishiguro Buyuk Britaniya fuqaroligini oldiAuthor’s bio, Granta, № 43 (1993), 91-bet..

Ishiguro amerikalik jazz xonandasi Steysi Kentning 2007-yilgi „Tonggi tramvayda nonushta“ va 2013-yilgi "Oʻzgaruvchan chiroqlar " albomlariga kirgan bir nechta qoʻshiq soʻzlariga hammualliflik qilgan. Ishiguro oʻzining qoʻshiqlar uchun yozgan matnlari haqida „… samimiy, gizli, juda shaxsiy, ularning maʼnosi aniq koʻzga tashlanmasligi lozim. Satrlar aro maʼnosi kashf etiladigan mavhum soʻzlar yigʻindisi boʻlishi kerak“Kate Kellaway (March 15, 2015). „Kazuo Ishiguro: I used to see myself as a musician. But really, I’m one of those people with corduroy jackets and elbow patches“. The Guardian. Retrieved April 22, 2015. \.

Ishiguro 1986-yildan beri Lorna Makdugal bilan oilaviy hayot kechiradi . Ular Notting Xilldagi uysizlar boshpanasida ijtimoiy ishchi boʻlib ishlayotganda tanishishgan. Ishiguro rafiqasi va qizi Naomi bilan Londonda yashaydi.

Adabiyotdagi karyerasi Kazuo Ishiguroning adabiy faoliyati 1981-yilda " Kirish 7: Yangi yozuvchilarning hikoyalari " antologiyasida uchta hikoyaning nashr etilishi bilan boshlangan. 1983-yilda, birinchi romani nashr etilganidan koʻp oʻtmay, u „Eng yaxshi yosh britaniyalik yozuvchilar“dan biri sifatida grantga sazovor boʻldi. 1993-yilda adabiyotdagi yutuqlari uchun xuddi shunday grantga ega boʻldi.

Birinchi roman, „Tumandagi tepaliklar“(1982) Angliyada yashovchi yapon beva ayoli Etsuko taqdiridan hikoya qiladi. Qizi oʻz joniga qasd qilgan ayolni vayron qilingan Nagasaki va uning qayta tiklanishi haqidagi xotiralar taʼqib qiladi. Ikkinchi romani — „Beqaror dunyo rassomi“ ogʻir harbiy oʻtmishga ega rassom Matsui Ohnoning taqdiri orqali yaponlarning Ikkinchi Jahon urushiga munosabatini oʻrganadi. Bu roman Buyuk Britaniyada yil kitobiga aylandi.

Ishiguroning uchinchi romani „Kun qoldigʻi“ (1989) keksa ingliz zodogoni haqida boʻlib, roman Buker mukofoti bilan taqdirlangan. Buker qoʻmitasi aʼzolari bir ovozdan romanni yoqlab ovoz berishdi, aytish kerakki, bu hol mukofot tarixida kamdan-kam uchraydi. Tanqidchilarning taʼkidlashicha, yapon yozuvchisi „XX asrning eng yaxshi ingliz romanlaridan birini“ yozgan. Uni Jozef Konrad va Vladimir Nabokov bilan taqqoslashadi, ular ham ona tilida emas, oʻzga tildagi klassikani yaratishga muvaffaq boʻlgan. The Remains of the Day filmi Entoni Xopkins va Emma Tompson ishtirokidagi juda muvaffaqiyatli filmga aylandi. Film Rossiyada „Kun oxirida“ nomi bilan prokatga chiqqan.

1995-yilda Ishiguroning uslubiy jihatdan eng murakkab romani — „Taskinsizlar“ nashr etildi. Unda koʻplab adabiy va musiqiy asarlarga ishora qilinadi. Ushbu romandagi voqealar nomaʼlum Markaziy Yevropa mamlakatlaridan birida ayni davrimizda sodir boʻladi, shunisi bilan asar Ishiguroning oʻtmish xotiralari bilan toʻldirilgan oldingi asarlaridan farq qiladi. „ Yetimlikda“ (2000) romani XX asrning birinchi yarmida Shanxaydagi voqelikni tasvirlaydi. Bu yigirma yil muqaddam ota-onasining sirli tarzda gʻoyib boʻlishini oʻrganayotgan xususiy detektiv haqidagi roman. Bu yerda Ishiguro oʻzining sevimli usuli — oʻtmish voqealarini bayon qilish usuliga qaytadi.

Ishiguro televizor uchun ikkita original film muallifi. Qirollik adabiyot jamiyati aʼzosi. Uning asarlari dunyoning oʻttizdan ortiq tillariga, jumladan rus tiliga ham tarjima qilingan („Kun qoldigʻi“, „Beqaror dunyo rassomi“, „Taskinsizlar“, „Yetimlikda“, „Meni qoʻyib yuborma“, „Tumandagi tepaliklar“, „Dafn qilingan bahodir“, „Klara va Quyosh“).

Uning „ Meni qoʻyib yuborma“ (2005) romani " Time " jurnali tomonidan barcha davrlarning 100 ta eng yaxshi ingliz tilidagi romanlaridan biri deb topilgan.

Mukofotlar va faxriy unvonlar

„Tumandagi tepaliklar“ debyut romani uchun Winifred Xoltbi mukofoti[ Ofitsialniy sayt Korolevskogo literaturnogo obщestva]. „Oʻzgaruvchan dunyo rassomi“ uchun Whitbread mukofoti (1986) . Buker mukofoti „Kun qoldigʻi“ uchun(1989). Qirollik adabiyot jamiyati aʼzosi (1989) .

Britaniya imperiyasi ordeni ofitseri (OBE, 1995) . Fransiyaning sanʼat va adabiyot ordeni kavaleri (1998) . Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (2017; mukofot berilishi izohi : „katta hissiy kuchga ega romanlarida bizning dunyo bilan munosabtimiz haqidagi sarobiy tuygʻularimiz ortida yashiringan ixtiloflarni ochib berdi“) . , (2017). Ritsar bakalavr (2018) 2-darajali Quyosh ordeni kavaleri (2018)

Nasriy asarlari

1981-yil — Kirish 7: Yangi yozuvchilarning hikoyalari (ishtirokchilardan biri) ( hikoyalari): Gʻalati va baʼzan qaygʻu, Jni kutish va zaharlanish hikoyalari 1982-yil — „Tumandagi tepaliklar“ () 1986-yil — „Beqaror dunyo rassomi“ ((Suzib yuruvchi dunyo rassomi) 1989-yil — „Kun qoldigʻi“ () 1990-yil — „Oilaviy kechki ovqat“ (, Esquire jurnalida chop etilgan qisqa hikoya) 1995-yil — "Taskinsizlar () 2000-yil — "Yetimlikda () 2005-yil — „Meni qoʻyib yuborma“ () 2009-yil — „Noktyurn: musiqa va shom haqida besh hikoya“ () 2015-yil — „Dafn etilgan bahodir“ () 2021-yil — „Klara va Quyosh“ ()

Rus tilidagi nashrlar

„Togʻlar tumanda boʻlgan joyda“ — Sankt-Peterburg: „Domino“, M .: " Eksmo ", 2007-yil. ISBN 978-5-699-21851-6 „Kunning qolgan qismi“ — Sankt-Peterburg: „Domino“, M .: „Eksmo“, 2007-yil. ISBN 978-5-699-21553-9 „Biz yetim boʻlganimizda“ — Sankt-Peterburg: „Domino“, M .: „Eksmo“, 2007-yil. ISBN 978-5-699-19314-1 „Meni qoʻyib yubormang“ — Sankt-Peterburg: „Domino“, M .: „Eksmo“, 2007-yil. ISBN 978-5-699-18752-2 „Tasalli boʻlmas“ — M .: „Eksmo“, 2008-yil. ISBN 978-5-699-26931-0 „Beqaror dunyo rassomi“ — Sankt-Peterburg: „Domino“, M .: „Eksmo“, 2010-yil. ISBN 978-5-699-43637-8 „Meni qoʻyib yuborma“ — Sankt-Peterburg: „Domino“, M .: „Eksmo“, 2011-yil. ISBN 978-5-699-37388-8 „Koʻmilgan gigant“ — M .: „Eksmo“, 2016-yil. ISBN 978-5-699-85739-5 „Klara va Quyosh“ — M .: „Eksmo“, 2021. ISBN 978-5-04-119361-4

Manbalar

Havolalar

Bookbrowse.com saytida tarjimai hol Guardiandagi maqola NHK WORLD (2017-yil dekabr). Kazuo Ishiguro bilan eksklyuziv intervyu

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1954-yilda tugʻilganlar Turkum:8-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Britaniyalik Nobel mukofoti laureatlari