Qora Yanvarozarb. Qara Yanvar300pxBokuda Shahidlar Xiyoboni, 1990-yil.Mamlakat25px Ozarbayjon SSR, BokuSana19-20-yanvar 1990-yilSababiOzarbayjonning hududiy yaxlitligini buzish urinishlariga sobiq SSSR rahbariyatining Ozarbayjon bilan bogʻliq olib borgan gʻarazli siyosatiNatija131-170 nafar tinch aholining oʻldirilishiMojarodagi tomonlarbir tomondan Ozarbayjon Xalq Frontiboshqa tomondan Kavkazorti harbiy okrugi Sovet Qoʻshini Qora dengiz floti19px KGB25px Ozarbayjon SSRMojarodagi tomonlarbir tomondan Abulfayz Elchibeyboshqa tomondan Mixail Gorbachov Vladimir Kryuchkov Viktor Karpuxin Vladimir Lyashenko Aleksandr LebedUmumiy yoʻqotishlar131-170 nafar qurbon700-800 nafar yarador Qora yanvar — 1990-yil 19-yanvardan 20-yanvarga oʻtar kechasi soat 23:30 da Boku shahriga sobiq Sovet Ittifoqining qoʻshin boʻlmalari favqulotda holat e’lon qilmasdan kirib borgan, tinch aholiga hujum qilib, yuzlab gunohsiz insonlarni qatl qilgan, bu hujumda koʻpchiligi yaralangan, bedarak yoʻqolgandi. Sovet qoʻshinlarining maxsus tayinlangan qismlari va ichki qoʻshinlarning yirik kontingentining Bokuni zabt etishi zulm va misli koʻrilmagan vahshiylik sifatida baholanadi.
Favqulotda vaziyat tatbiqi alohida e’lon qilinguniga qadar harbiy xizmatchilar 82 nafarni qatl qilgan, 20 nafarni esa ogʻir yaralagan edilar. Favqulotda vaziyat e’lon qilingach esa, 20-yanvarda va undan keyingi kunlarda Boku shahrida 21 kishi oʻldirildi. Favqulotda vaziyat e’lon qilinmagan rayonlarda – 25-yanvarda Neftchalada va 26-yanvarda Lenkoranda yana 8 kishi qatl qilindi.
Shunday qilib, qoʻshinlarning noqonuniy kirib kelishi natijasida Bokuda va Ozarbayjon rayonlarida 146 kishi oʻldirildi, 744 kishi yaralandi, 841 kishi noqonuniy hibsga olindi, harbiylar tomonidan 200 uy va bino, 80 avtomashina, shu jumladan, tez yordam mashinalari, yonuvchi oʻqlar chiqargan yongʻin natijasida davlat va shaxsiy mulklar yoqib yuborildi. Halok boʻlganlar orasida ayollar, bolalar va qariyalar, shuningdek, tez yordam xizmatchilari va militsiya xodimlari bor edi. SSSR Konstitutsiyasi, Ozarbayjon SSR Konstitutsiyasi qoʻpol ravishda buzilib, Ozarbayjon Respublikasining suveren huquqlari toptalgan edi. Avvaldan oʻylangan va tayyorlanilgan bu tajovuzkorlik aksiyasi Ozarbayjon xalqining demokratiya va milliy ozodlik yoʻlida kurashini boʻgʻish, xalqni tahqirlab, unga ma’naviy zarba berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan edi.
Sharoit 200px|right|thumb|Mixail Gorbachov 1988-yilda Ozarbayjon SSR Sovet Ittifoqining eng konservativ respublikalaridan biri edi va siyosiy dissidentlar uchun bu yerda joy yoʻq edi. Armaniston SSR da ham partiya iyerarxiyasining katta qismi yangi millatchi harakat bilan hamkorlik qilish istagida boʻlgani sababli bu yerda millatchilar hokimiyatni osonroq qoʻlga kiritdilar. Ozarbayjonda hokimiyat va muxolifat orasida murosaga asos yoʻq edi hamda respublikaning kelajak taqdiri borasida ular boshqa fikrda edilar. Gʻoyalar xilma-xilligining boshqa sababi rusiyzabon kosmopolit Boku ziyolilari bilan respublikaning boshqa aholisini bir-biridan ajratgan jarlik edi.
“Olimlar klubi”ning ba’zi ishtirokchilari partiya a’zolari edi. Millatchilikni targʻib qilgan va Mixail Gorbachovning qayta tiklash ishlariga qiziqish bildirmagan radikal jamoat arboblari ulardan nafratlanishardi. Ikki eng mashhur radikal-tarixchi E’tibor Mammadov va hamkorlar ittifoqi faoli Ne’mat Panohov 1940-yillarda Armanistonni tark etgan ozarbayjon oilalaridan edilar. Hukumat va parchalangan muxolifat “oʻyin qoidalari” uchun kelisha olmaganliklari sababli hokimiyat uchun kurash uzoq davom etdi. Oxiri 1990-yil yanvarda Bokuda rasmiy Moskva va Ozarbayjon Xalq Fronti orasida qonli toʻqnashuv sodir boʻldi. Sovet rahbariyati SSSR tarixida ilk marotaba sovet shahriga qoʻshin yubordi.
Qora Yanvar boshlaganida ommaviy zoʻravonlikning hayajonli alomatlari sezila boshladi: huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan himoyasiz qolgan armanlar, Xalq Frontidagi xolis kishilarning radikallar tomonidan siquvga olinishi, hokimiyatni qoʻldan boy bergan va takror qaytarib olish maqsadida boʻlgan mahalliy partiya rahbariyati, Ozarbayjonning Sovet Ittifoqi tarkibidan chiqishiga imkon bermaslik uchun har odimiga tayyor turgan Moskva rahbariyati. Qorabogʻdan kelgan xabarlar vaziyatni yana-da keskinlashtirdi. 9-yanvarda Armaniston parlamenti Togʻli Qorabogʻ oʻz byudjetiga kiritish qaroriga ovoz berdi va albatta, bu qadam ozarbayjonlarning gʻazabiga sabab boʻldi. Qorabogʻ shimolida – Xanlar va Shaumyan rayonlarida armanlar va ozarbayjonlar oʻrtasida toʻqnashuvlar yuz berdi, insonlar asirga olindi, ichki qoʻshinlarning 4 askari oʻldirildi.
6-7-yanvarda Xalq Fronti parchalandi. Moʻtadil qarashlariga sodiq qolgan kichik guruh tashkilot tarkibidan chiqdi va Ozarbayjon Sotsial-Demokratik Partiyasini tuzdi. Front tarkibida qolganlar esa Lenin maydonida ommaviy namoyishlarni boshladilar, lekin ular ham ikkiga boʻlingan edilar. Moskvadan Bokuga mingdan ziyod qoʻshin kontingenti yuborildi. 11-yanvarda Xalq Frontining bir guruh radikallari Lenkoran shahrida bir necha ma’muriy binoni egalladi va hokimiyatni qoʻlga oldi. Ikki kundan keyin vaziyatni oydinlashtirish uchun voqea joyiga joʻnatilgan “Bakinskiy Rabochiy” gazetasining muhbiri shaharda sovet hokimiyatining toʻntarilishiga guvoh boʻldi:
12-yanvarda Viktor Polyanichko yangi qarama-qarshi rejani ilgari surdi. Uning Xalq Fronti bilan olib borgan muzokaralarining natijasida respublika chegaralarini arman tajovuzidan himoya qilish uchun Ozarbayjonda “Milliy Mudofaa Kengashi”ning tuzilishi bayon qilindi. Qoʻmitaning besh lideridan toʻrt nafari Xalq Frontining radikal qanoti vakillari edi va asl ma’noda Ozarbayjonda kommunist partiya rahbarlarining shafqatsiz dushmanlari edi.
Armanlar Bokudan haydalgach, Moskva va Xalq Fronti orasidagi munosabatlarga oydinlik kiritishning vaqti kelgandi. Hali bosqinlar tugamay turib, 14-yanvarda vaziyatni nazorat qilish uchun Gorbachovning yaqin siyosiy quroldoshi Yevgeniy Primakovning boshchiligi bilan Siyosiy Byuroning namoyanda hay’ati Bokuga keldi. Shahar chetida kazarmalarda joylashtirilgan koʻp sonli qoʻshinlarga shaxsiy komanda berish uchun SSSR mudofaa vaziri Dmitriy Yazov oʻsha zahoti yetib keldi. Togʻli Qorabogʻda Ozarbayjon va Armanistonning chegaradosh rayonlarida va Ganjada favqulotda holat tatbiq etish qaroriga kelindi, lekin negadir bu qaror Bokuga tegishli boʻlmadi.
Boku koʻchalarida millatchi harakatning faollari boshchilik qilardilar. Shahar chetidagi askar kazarmalariga olib boruvchi yoʻllarda ular yuk mashinalaridan va beton bloklardan toʻsiqlar qurdirgan edilar. 17-yanvarda ular Markaziy Qoʻmitaning binosi yonida butun yoʻllarni bekitib, tanaffussiz miting boshladilar. Bino qarshisida dor paydo boʻldi, lekin uning asl maqsadi – qoʻrqitish yoki haqiqiy qatl vositasi ekanligi hanuzgacha sir boʻlib qoldi. Moskva emissarlari va Xalq Fronti rahbariyati yashirin oʻyinlar olib borardilar. E’tibor Mammadovning soʻzlariga koʻra, Primakov Ozarbayjon Sovet Ittifoqi tarkibidan chiqishiga rozi boʻlmasligi haqida ularga xabar berdi va qoʻshin harakatiga ishora qildi: Lekin qoʻshinlarning shaharga kirishi haqida qaror hali qabul qilinmagandi. Ba’zi manbalarga koʻra, Primakov Gorbachovga qoʻngʻiroq qilib, uni harbiy chora koʻrishga ruxsat bermasligiga koʻndirishga urinardi.
Bokuga hujum Hujum jarayoni 300px|right|thumb|20-yanvarda Sovet qoʻshinlarining amaliyot xaritasi Nihoyat, Gorbachov va uning harbiy vazirlari 19-yanvardan 20-yanvarga oʻtar kechasi Bokuga qoʻshinning kirishiga qaror qildilar. Yarim kechasi favqulotda holat e’lon qilindi. Lekin shahar aholisi bundan bexabar edilar, chunki 7:30 da televideniye stansiyasining energiya bloki portlagach, efir uzilgan edi. Bu harakat, ehtimol, maxsus xizmat organlari tomonidan uyushtirilgandi. Natijada bokuliklarning aksariyati favqulotda holat borasida faqat ertalab 5:30 da Mirza Xazarning ovozi bilan Ozodlik Radiosidan va vertolyotlardan otilgan varaqalardan xabar olgandilar.
Lekin endi juda kech edi. Sahardan koʻp oʻtmay askarlar va tanklar harbiy qismdan chiqib, shahar tomon yoʻl oldilar. Shaharga janub tomondan kirib kelgan qoʻshinlarning katta qismi mahalliy garnizonlardan edi va shaharga oʻt ochmay kira oldilar. Shimoldan kirgan qoʻshinlar shaharga shunday bostirib kirdilarki, xuddi Boku dushman qoʻlida edi. Tanklar yoʻllardagi avtomobillarni va hatto tez yordam mashinalarini ustidan bosib oʻtardilar. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, askarlar qochgan odamlarni oʻqqa tutar, yaradorlarni pichoqlar yoki otib tashlar edi. Tinch aholi bilan toʻla avtobusga oʻq yogʻdirildi, bir qancha yoʻlovchilar, shu jumladan, oʻn uch yoshli Larisa Mammadova oʻldirildi.
SSSR tarixida ilk bora Sovet Qurolli Kuchlari Sovet shahriga – Bokuga harbiy hujum qildilar. Bu ham Ozarbayjon, ham Sovet Ittifoqi uchun katta fojia boʻldi. Armiya boʻlmalari jami bir necha soat davomida shaharni toʻlaligicha nazorat ostiga oldi va Moskva hokimiyati barpo etildi. Lekin Moskva aynan mana shu 20-yanvarda Ozarbayjonni yoʻqotdi.
20 yanvar parlament soʻrov komissiyasining ma’lumotiga koʻra, Bokuda boʻlgan Sovet qoʻshinlari 1990-yil 19-yanvardan 20-yanvarga oʻtar kechasi asosan beshta yoʻnalishda harakat qilishgan.
Bina-Qal’a yoʻnalishi Sovet qoʻshinlarining Bina-Qal’a yoʻli bilan harakati 1990-yil 19-yanvar soat 22:00 atrofida boshlangan. Ozarbayjon xalqi ilk qurbonlarini ham aynan Bina-Qal’a yoʻlida bergan. Ushbu yoʻnalishdan Bokuga toʻgʻri harakat qilgan qoʻshinlarning yoʻlini “Komsomol” idorasidagi tinch aholining qurgan toʻsiqlari kesdi. Kechki soat tahminan 11:00 atrofida toʻsiqni yorib oʻtgan qoʻshin “Komsomol” idorasidagi tez yordam mashinalarini ham oʻqqa tutdi. Tez yordam mashinasida boʻlgan doktor Aleksandr Marxevka yaradorlarga yordam koʻrsatishga urinayotganida halok boʻldi.
Salyan Kazarmasidan harakatlar 300px|right|thumb|1990-yilda Bokuda Sovet qoʻshinlari 16-yanvardan Bilacharidan Boku shahriga keladigan yoʻlda, oʻsha paytdaki “Iskra” zavodining toʻgʻrisida kichik otryad qurilgan edi. Otryad ishtirokchilari qoʻshinlarning shaharga kelishiga toʻsqinlik qilishga harakat qilishar edi. 20-yanvarda tanklar birinchi Salyan kazarmasi tarafdan hujumga oʻtdi. Harbiylarning koʻpchiligi Stavropol viloyatidan kelgandi. Tanklardan biri Suvorov (hozirgi 20 yanvar) koʻchasi bilan Tbilisi prospektining kesishgan nuqtasidan tramvay izi boʻylab keldi. Insonlarning tarqalishi uchun bir askar gaplashmoqchi boʻldi. Jamoat ulardan orqaga qaytishni talab qilgach, nizo boshlandi. 5-6 daqiqalik nizodan soʻng tankdan otryad ishtirokchilari ustidan qarshidagi binoga oʻt ochdilar. Jamoat tanklar qarshisida oʻtirdi. Harbiylar mitingchilarga gaz bombalari otdilar, atrofni tutun burkab oldi. Miting ishtirokchilari gazdan boʻgʻilganlari uchun oʻrinlaridan turib tarqalmoqchi boʻldilar. Lekin harbiylar ularga orqa tomondan oʻq yogʻdirdilar.
Salyan kazarmasidan soat 23:50 atrofida chiqqan kuchli qurol-aslaha bilan ta’minlangan qoʻshin Bokuni qurshab olishda alohida oʻrin tutgan. Kazarmaning kirishini qurolsiz insonlar toʻsgani sababli qoʻshin devorlarni buzib, yoʻlida davom etdi. Salyan kazarmasi qarshisida 20 ga yaqin tinch aholi oʻldirildi. Soʻngra qoʻshin uch yoʻnalishda harakat qildi. Birinchi yoʻnalish eski avtovokzal, ikkinchi yoʻnalish “20 yanvar” maydoni, uchinchi yoʻnalish esa sobiq “Kinochilar uyi”ning yoni bilan metroning Fanlar Akademiyasi metrostansiyasining qarshisi boʻlgan. Keyin oʻsha qoʻshinning ba’zi boʻlmalari sobiq Markaziy Qoʻmita, hozirgi Prezident Administrasiyasi binosining yonigacha harakat qilgan. Kechasi soat 1 ga yaqin Markaziy Qoʻmitaning yonidan oʻtgan qoʻshin u yerga toʻplangan insonlarni tarqatishga unchalik harakat ham qilmaganlar.
Ertalab soat toʻqqizda esa Markaziy Qoʻmita binosi toʻgʻrisida qoʻshinlar harakatini toʻxtatish uchun Anar Garibov ismli bir shaxs oʻzini BTR-ning tagiga otadi. 7 kun komada qolgan bu shaxs baxtiga vafot etmadi.
“Boʻri eshigi” yoʻnalishi