Abdurashid qori Bahromov — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi muftiyi (1997-2006). Qori.

Biografiyasi 1953-yil 8-yanvar kuni Andijon shahrida tugʻilgan. Dastlabki diniy saboqni otasi Abdulmoʻmin qori Mulla Bahrom oʻgʻlidan olgan. 12 yoshida murattab qori boʻlgan. 1959-1969 yillarda Andijon shahridagi 29-oʻrta maktabni bitirgan. 1971-1973 yillarda harbiy xizmatda. 1975-yil Mir Arab madrasasiga oʻqishga kiradi. 1979-yilda Toshkent islom institutini bitirgan. 1981-yildan Toshkent shahridagi Tilla Shayx masjidida imom-xatib boʻlib ishlaydi. 1997-yil may oyidan 2006-yil avgustgacha Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy.

Yana qarang Shamsiddinxon Boboxonov Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Abdulaziz Mansur Alouddin Mansur Usmonxon Alimov

Manbalar

Turkum:Imomlar