Reuven Rivlin (; 9-sentyabr 1939, Quddus, Falastin) – isroillik siyosatchi va huquqshunos, 2014—2021-yillarda Isroilning oʻninchi prezidenti. "Likud" partiyasining aʼzosi. Rivlin 2001-yildan 2003-yilgacha Aloqa vaziri boʻlgan va keyinchalik 2003-yildan 2006-yilgacha va 2009-yildan 2013-yilgacha Knesset spikeri lavozimlarida ishlagan. 2014-yil 10-iyunda Isroil prezidenti etib saylandi. Uning vakolati 2021-yil 7-iyulda tugadi.
Biografiyasi Joseph Joel Rivlin (1889—1971) va Rachel Rivlin (1904—2005) oilasida tugʻilganGenealogiya semi Rivlin. Zahiradagi harbiy xizmatni oʻtaganאפי מלצר, רון כתרי בנושא האיראני המערכת המבקרת של הכנסת שואלת שאלות וגם מקבלת תשובות מבט מל"ם, גיליון 64, אוקטובר 2012 (Efi Melser, Ron Katri, „Sistema nadzora knesseta zadayot voprosi po iranskoy teme i poluchaet na nix otveti “, „Mabat malam“, vipusk № 64 (oktyabr 2012)).. Quddus universitetini tugatgan. 1978-yilda Quddus munitsipalitetiga saylangan. 1981-yildan 1986-yilgacha „El-Al“ aviakompaniyasida ishlagan. 1986-yilda Quddusdagi „Herut“ harakati raisi. 1988-yilda Quddus meriyasi saylovida magʻlub boʻldi. 1988-1993-yillarda „Likud“ harakati raisi. 1996-yildan Knesset deputati. 16-chaqiriqda Knesset spikeri etib saylandi. 2007-yildagi prezidentlik saylovlarida magʻlub boʻldi. 2009-yilda 18-chaqiriq Knesset raisi etib saylandi. 2014-yil 10-iyunda Isroil Prezidenti etib saylandiNEWSru.co.il – novosti Izrailya :: Reuven Rivlin izbran desyatim prezidentom IzrailyaЪ-Novosti – Prezidentom Izrailya izbran Reuven Rivlin. 24-iyulda vazifasiga kirishdiLenta.ru: Mir: Politika: V Izraile vibrali novogo prezidentaReuven Rivlin vstupil v doljnost prezidenta Izrailya.
Shaxsiy hayoti 1971-yildan 2019-yilda vafotigacha Nechama Rivlin bilan turmush qurgan va ularning toʻrt farzandi bor. Rivlin 1960-yillarning oxiridan beri vegetarian boʻlib kelgan. Rivlin yetti yoshidan beri „Beitar Jerusalem“ futbol klubiga muxlislik qilgan. Arab tilini yaxshi biladi.
Fikrlari Rivlin bir vaqtlar Isroilga arman genotsidini tan olish uchun kampaniya olib borgan. 2012-yilda u shunday degan edi: „Birinchi jahon urushi yillarida bir milliondan ortiq oʻgʻlini yoʻqotgan arman xalqi boshiga tushgan fojiani eslatish bizning maʼnaviy burchimiz va buni siyosiy masalaga aylantirmasligimiz kerak. Men bu masalaning nozikligini bilaman. Ammo ochiq aytaylik: Bu bugungi Turkiyani yoki hozirgi Turkiya hukumatini ayblash emas“.
Manbalar
Havolalar Kak izrailskie pravie vidyat resheniya izrailsko-palestinskogo konflikta
Turkum:Yashayotgan insonlar