„DuckTales“ — Matt Youngberg va Francisco Angones yaratgan animatsion teleserial. Disney Television Animation studiyasi mahsuloti. 1987-yilda ishlangan ayni nomli multserialning rebut versiyasi. Serial voqealari Duckburg () nomli xayoliy shaharda boʻlib oʻtadi. Unda Scrooge McDuck (milliarder oʻrdak) va oilasining umumjahon boʻylab boshdan kechirgan turli-tuman sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.
Serial 2017-yilning 12-avgustida Disney XD telekanalida birinchi marta efirga uzatilib, 2018-yilgacha berib borilgan. 2018-yilning mayidan 2019-yilning sentyabrigacha Disney Channel telekanalida efirga uzatilgan. Keyinchalik, yana Disney XD telekanalida 2021-yilga qadar berib borilgan. Bu vaqt davomida serial 3 mavsumga boʻlinib, jami 69 ta qism tayyorlangan. „DuckTales“ tanqidchilar va omma tomonidan xush qarshilangan.
thumb|upright=1.2|Scrooge McDuck (oʻngda), Huey (qizil), Dewey (koʻk), Louie (yashil) va Donald Duck.
Qismlar
Ovoz berganlar David Tennant — Scrooge McDuck Danny Pudi — Huey Duck Ben Schwartz — Dewey Duck Bobby Moynihan — Louie Duck Kate Micucci — Webby Vanderquack Beck Bennett — Launchpad McQuack Toks Olagundoye — Beakley xonim Tony Anselmo — Donald Duck Paget Brewster — Della Duck
Manbalar
Havolalar
Turkum:2010-yillar teleseriallari Turkum:2010-yillar animatsion teleseriallari Turkum:Walt Disney Pictures teleseriallari Turkum:AQSh teleseriallari Turkum:Animatsion teleseriallar Turkum:Disney Channel dasturlari Turkum:Disney XD dasturlari Turkum:Ingliz tilidagi televizion shoular