Zoë Yadira Saldaña-Perego (; 1978-yil 19-iyunda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. Aktrisalik faoliyatini 1999-yil „Law & Order“ serialidagi kichik roli bilan boshlagan. Kinodagi debyutini „Center Stage“ (2000) filmi bilan qilgan. Nyota Uhura („Star Trek“ franshizasi filmlari), Neytiri („Avatar“ franshizasi filmlari), Gamora („Marvel kinematografiya koinoti“ mediafranshizasi filmlari) kabi rollari bilan shuhrat qozongan. Saldañaning ishtirokidagi filmlar umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $15 milliarddan ortiq mablagʻ toʻplagan. „Time“ jurnali hozirlagan jahonning 100 eng nufuzli kishisi roʻyxatiga kiritilgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Afroamerikalik aktrisalar