Ulugʻbek Ilyosovich Inoyatov – 2019-yildan Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi hamda 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari. 2013-2018-yillarda Xalq taʼlimi vaziri.

Biografiyasi Inoyatov Ulugʻbek Ilyasovich 1962-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1985-yilda Toshkent politexnika institutini tugatgan, 1998-yilda Toshkent moliya institutini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1985-yilda Toshkent politexnika institutida assistent sifatida boshlab, 1993-yillga qadar ushbu muassasada assistent va aspirant vazifalarida faoliyat yuritgan.

1993—1999-yillarda Toshkent arxitektura-qurilish institutida dekan muovini, dekan, 1999—2003-yillarda Toshkent moliya-iqtisod kolleji direktori, 2003—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati Taʼlim va kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish boʻyicha guruhining bosh konsultanti, 2006—2011-yillarda Toshkent moliya-iqtisod kolleji direktori, 2011—2013-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori kabi vazifalarda faoliyat olib borgan.

2013—2018-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri„Ulugbek Ilyasovich Inoyatov“ stal novim Ministrom narodnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan"U eski zamon odami edi.

2017—2018-yillarda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi boʻlgan.

2018—2019-yillarda Namangan davlat universiteti rektori vazifalarida ishlagan.

2019-yildan Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi. 2020-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, spiker oʻrinbosari vazifasida ishlab kelmoqda..

Mukofotlari Shuhrat medali va Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.

Tanqidlar 2019-yildagi saylov kampaniyasi davrida deputatlikka nomzod Ulugʻbek Inoyatovning „Toshkentda 5 bolali oila 2 yarim million soʻm oylikka (taqriban 210 AQSh dollari) yashay oladi“, soʻzlari uchun keskin tanqidlarga uchragan edi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar