Qirgʻiziston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Qirgʻiziston SSR (; ) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Qirgʻizistoni deb yuritiladi.

1924-yilning 14-oktabrida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida Qoraqirgʻiz avtonom oblasti () tashkil etilgan. Oblast nomi 1925-yilning 25 mayida Qirgʻiziston avtonom oblasti () deb oʻzgartirilgan. 1926-yil 1-fevralda Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasiga () aylantirilgan. 1936-yil esa Qirgʻiziston SSR nomi bilan toʻliq ittifoqdosh respublika boʻlgan.

Qirgʻiziston SSR poytaxti Frunze (hozirgi Bishkek) shahri boʻlgan. Respublika 40 rayonga boʻlingan, 21 shahar, 28 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.

1990-yilning 15-dekabrida Qirgʻiziston SSR suverenitet eʼlon qildi. 1991-yilning 31-avgustida esa respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Qirgʻiziston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Tarixi Qirgʻizistonda miloddan avvalgi VII—VI asrlarda sinfiy jamiyat vujudga kelgan. Mamlakat VI—XII asrlarda Turk xoqonligi, qarluqlar, Qoraxoniylar davlatlari tarkibida boʻlgan. XIII asr — XVI asrning birinchi yarmida moʻgʻullar, oyrotlar qoʻl ostiga oʻtgan. XV asrning ikkinchi yarmida qirgʻiz elati shakllanib boʻlgan.

thumb|left|Qoraqirgʻiz avtonom oblasti oʻlaroq 1924-yilda tashkil topgan Qirgʻiziston SSR 50 yilligiga bagʻishlangan marka Qirgʻiziston SSR tuziladigan hudud XIX asrning birinchi yarmida Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan. XIX asrning 60–70-yillarida ushbu hududni Rossiya qoʻshib olgan. 1917-yil noyabr — 1918-yil iyunida Sovet hokimiyati oʻrnatilgan. 1921-1922-yillarda yer-suv islohoti amalga oshirilgan.

Oʻrta Osiyoning milliy davlat chegaralanishi natijasida 1924-yilning 14-oktabrida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida Qoraqirgʻiz avtonom oblasti () tashkil etilgan. Oblast nomi 1925-yilning 25 mayida Qirgʻiziston avtonom oblasti () deb oʻzgartirilgan. 1926-yil 1-fevralda Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasiga () aylantirilgan.

Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi 1936-yil Qirgʻiziston SSR nomi bilan toʻliq ittifoqdosh respublika boʻlgan. 1937-yil Qirgʻiziston SSR Kommunistik partiyasi tashkil topgan.

1990-yilning 15-dekabrida Qirgʻiziston SSR suverenitet eʼlon qildi. 1991-yilning 31-avgustida esa respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Qirgʻiziston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Manbalar

Havolalar

Qirgʻiziston SSR Katta sovet ensiklopediyasida

Turkum:Qirgʻiziston Sovet Sotsialistik Respublikasi Turkum:Sovet Ittifoqi respublikalari Turkum:Sobiq sotsialistik respublikalar