thumb|right|Giza piramidalari

Misr piramidalari Misrda joylashgan piramida shaklidagi qadimiy tuzilmalardir. Manbalarga koʻra, hozirgacha aniqlangan piramidalar 119 ta hisoblanadi. Ularning aksariyati Qadimgi va Oʻrta qirollik davrida mamlakat firʼavnlari va ularning rafiqalari uchun qabr oʻlaroq bunyod etilgan.

Eng mashhur Misr piramidalari Qohira shahri chetidagi Giza platosida topilgan. Giza piramidalarining bir nechtasi hozirgacha qurilgan eng yirik inshootlardan biridir. Ularning eng yirigi – Xeops piramidasi boʻlib, ushbu ehrom hozirgacha saqlanib qolgan yaqona Dunyoning yetti moʻjizasidan biridir.

Gizadagi piramidalar

Fir’avnlarning Xeops, Xafra va Menkaura piramidalari Misrdagi eng mashhur piramidalar hisoblanadi. Joser piramidasidan farqli oʻlaroq, bu piramidalar pogʻonali emas, balki qatʼiy geometrik, piramidal shaklga ega. Bu piramidalar IV sulolasi davriga tegishli. Piramidalar devorlari 51° (Menkaura piramidasi) dan 53° gacha (Xafu piramidasi) burchak ostida koʻtariladi. Qirralar kordinal nuqtalarga aniq yoʻnaltirilgan.

Xeops piramidasi – Xeops piramidasi firavnlar uchun qurilgan. Dastlab uning balandligi 146,6 m edi, lekin hozir piramidaning ustki qoplamasi yoʻqligi sababli uning balandligi endi 138,8 m gacha pasaygan. Piramida tomonining uzunligi 230 m. Piramida massiv tabiiy zamin ustiga qurilgan. piramida poydevorining oʻrtasida boʻlgan toshli balandlik. Uning balandligi taxminan 9 m. Piramidaning qurilishi miloddan avvalgi 26 asrga toʻgʻri keladi. Gerodotning yozishicha, qurilishi 20 yil davom etgan.

Piramida ohak bilan birlashtirilgan 2,5 million tosh blokdan iborat. Oʻrtacha hisobda bloklarning ogʻirligi 2,5 tonnani tashkil etadi, ammo „Qirollik palatasi“ da 80 tonnagacha ogʻirlikdagi granit bloklari mavjud Lehner, Mark (1997). The Complete Pyramids. London: Thames and Hudson. ISBN 0-500-05084-8 .

Xafra piramidasi ikkinchi eng katta qadimgi Misr piramidasidir. Sfenks yonida joylashgan. 26 asr Miloddan avvalgi yilda qurilgan inshoot (215,3 × 215,3 m va balandligi 143,9 m) Urt-Xafra („Buyuk Xafra“ yoki „Hizmatli Xafra“) deb nomlangan.

Menkaura – piramidasi Gizadagi uchta Misr piramidalarining eng janubiy, eng oxirgi va eng pasti hisoblanadi. „Heru“ (baland) taxallusidan farqli oʻlaroq, u balandligi 66 m ga zoʻrgʻa etadi va poydevorining yon tomonining uzunligi 108,4 m. Uning 250 000 m³ hajmi Xeops piramidasi hajmining oʻndan bir qismini tashkil etadi: bu buyuk piramidalar davrining oxiri edi. Piramidaning ichki qismi rejaning birligi yoʻqligini koʻrsatadi: ehtimol, taxt vorisi uchun moʻljallangan dastlabki kamtarona oʻlchamlar uning qoʻshilishi bilan oshirilgan. Menkaur piramidasi Gizadagi binolarning umumiy koʻrinishidan biroz farq qiladi va antik davrda uning qurilishi baʼzan Menkaurga emas, balki Amasis II davrida yashagan hetera Rhodopisga tegishli edi.

Qurilish sanalari Fir’avnTaxminiy sanalarManzilJoser2667-2648 Miloddan avvalgi yillar atrofidaShaw, Ian, ed. (2000). The Oxford History of Ancient Egypt. Oxford University Press. p. 480. ISBN 0-19-815034-2..SakkaraSneferu2612-2589 Miloddan avvalgi yillar atrofida.Dahshurdagi 2 ta piramida va biri MeidumdaXufu2589-2566 Miloddan avvalgi yillar atrofida.GizaJedefra2566-2558 Miloddan avvalgiyillar atrofida.Abu RavashXafra2558-2532 Miloddan avvalgiyillar atrofida.GizaMikerin2532-2504 Miloddan avvalgi yillar atrofida.GizaSahura2487-2477 Miloddan avvalgiyillar atrofida.AbusirNeferirkare2477-2467 Miloddan avvalgiyillar atrofida.AbusirNyuserra2416-2392 Miloddan avvalgiyillar atrofida.AbusirAmenemhat I1991-1962 Miloddan avvalgiyillar atrofida.Al LishtSenusret I1971-1926 Miloddan avvalgiyillar atrofida.Al LishtSenusret II1898-1877 Miloddan avvalgiyillar atrofida.Al LahunAmenemhat III1861-1814 Miloddan avvalgiyillar atrofida.HavaraYahmose I1550-1525 Miloddan avvalgiyillar atrofida.Abidos Manbalar

Havolalar

Qadimgi misrliklar – BBC Tarix Scientific American, „How the Pyramids were Built“, 25-sentabr 1880-yil, s. 201