Uyqudagi malika (Sleeping Beauty) 16chi toʻliq metrajli Disney animatsion filmidir. 1959-yilda ekranlarga chiqarilgan. Charles Perraultning shu nomdagi ertagiga asoslangan. Walt Disney Productions tomonidan ishlangan va Buena Vista Film Distribution tomonidan tarqatilgan.
Syujeti Qadim-qadim zamonda, Qirol Stefan va Qirolicha Leah yashagan. Ular uzoq kutgan farzandi Aurora ismli qizcha dunyoga kelganda, qirollikda yashovchi har bir odam chaqaloqni qutlay olishi uchun katta bayram uyushtirildi. Bazmga uchta pari: Flora, Fauna va Musaffo Havo parisi taklif qilinib, yomon sehrgar Malecifentʼni esa taklif etish unutilibdi. Bundan gʻazablangan sehrgar Auroraga jodu soladi, qizaloq oʻn olti yoshga toʻlgan kunida, u barmogʻiga urchuq sanchib oladi va abadiy uyquga ketadi. Jodu shunchalik kuchli ediki, oqkoʻngil parilar uni yoʻq qila olmadilar. Ammo ular malikani qutqarish yoʻlini topdilar: Malika goʻzal shahzodaning boʻsasidan keyin uygʻonar edi.
Ovoz berganlar Mary Costa — malika Aurora Bill Shirley — shahzoda Phillip Eleanor Audley — Maleficent Verna Felton — Flora Barbara Luddy — Merryweather Barbara Jo Allen — Fauna Taylor Holmes — qirol Stefan Bill Thompson — qirol Hubert Candy Candido, Pinto Colvig va Bob Amsberry — Goons Dallas McKennon — ukki Marvin Miller — sharhlovchi
Manbalar
Havolalar
Turkum:1959-yil filmlari Turkum:1959-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Walt Disney Pictures animatsion filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:AQSh romantik filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Clyde Geronimi filmlari Turkum:Wolfgang Reitherman filmlari Turkum:Les Clark filmlari Turkum:Walt Disney Pictures filmlari