Lars Ahlfors () (18-aprel 1907 – 11-oktyabr 1996) – finlandiyalik matematik. Ahlfors Riemann yuzalari sohasidagi faoliyati bilan tanilgan. 1936-yil Jesse Douglas bilan birga ilk Fields medali bilan taqdirlangan. 1981-yilda esa Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Ahlfors Helsinki shahrida tugʻilgan . Onasi Sievä Helander uni tugʻayotib vafot etgan. Ahlfors 1928-yil Helsinki uninversitetini tamomlagan. 1930-yil ayni universitetdan PhD darajasini olgan. 1933–1936-yillarda shu universitetda ishlagan. 1946-yildan 1977-yil nafaqaga chiqqunicha Harvard universitetida ishlagan. Shuningdek, 1962–1966-yillarda Perspektiv tadqiqotlar institutida mehmon professor oʻlaroq ishlagan.

Ahlforsning „Kompleks analiz“ () (1953) kitobi ushbu sohadagi klassik asarga aylangan. Shuningdek, „Riemann yuzalari“ () (1960) hamda „Konform invariantlar“ () (1973) kitoblari muallifi. Olim 1968-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Manbalar

Havolalar Ahlfors entry on Harvard University Mathematics department web site Papers of Lars Valerian Ahlfors : an inventory (Harvard University Archives) Lars Valerian Ahlfors The MacTutor History of Mathematics page about Ahlfors The Mathematics of Lars Valerian Ahlfors, Notices of the American Mathematical Society; vol. 45, no. 2 (February 1998) Lars Valerian Ahlfors (1907–1996), Notices of the American Mathematical Society; vol. 45, no. 2 (February 1998)

Turkum:Fields medali sovrindorlari