Peter David Lax () () (1926-yil 1-mayda tugʻilgan) — vengriyalik va amerikalik matematik. Sof va amaliy matematika sohalarida faoliyat yuritib keladi. 1987-Wolf mukofoti, 2005-yil esa Abel mukofoti bilan taqdirlangan.
Lax 1926-yilda Budapeshtda yahudiy oilasida tugʻilgan . Uning ota-onasi (Klara Kornfield va Henry Lax) shifokor boʻlishgan. 1941-yilda oila Budapeshtdan New Yorkka qochib borgan. Lax 19 yoshidan boshlab Los Alamos milliy laboratoriyasida Manhattan loyihasida — yadro qurolini ishlab chiqish dasturida ishtirok etgan. 1949-yilda New York universitetidan PhD darajasini olgan. Lax, shuningdek, Courant matematika fanlar institutida ham ishlagan..
Laxning faoliyati koʻp qirrali: olim integral tizimlar, zarba toʻlqinlari va gidrodinamika sohalarini oʻrganib keladi. Shuningdek, u solitonlar nazariyasini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshgan. Uning nomi bilan Lions–Lax–Milgram teoremasi, Lax—Wendroff uslubi, Lax ekvivalentlik teoremasi (Lax–Richtmyer teoremasi deb ham yuritiladi), Lax—Friedrichs uslubi va Babuška–Lax–Milgram teoremasi kabi matematik tushunchalar bogʻliq .
Manbalar
Havolalar Britannica ensiklopediyasidagi biografiyasi 2016 Video Interview with Peter Lax by Atomic Heritage Foundation Voices of the Manhattan Project Elements from his contributions to mathematics. Popularised presentation of Peter Lax by Helge Holden, published on the Abel Prize website Abel Prize press release and biography
Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:21-asr amerikalik olimlari Turkum:Abel mukofoti sovrindorlari