Katya Kischuk () – Rossiyaning Serebro ayollardan tashkil topgan guruhining sobiq yakkaxon qoʻshiqchi va model.

Biografiya

Yoshligi Katya Kischuk 13-dekabr 1993-yilda Tossiyaning Tula shahrida tugʻilgan. Bolaligidanoq, u raqsga tushishni yaxshi koʻrar edi. U koʻplab raqs musobaqalarida ishtirok etib, ikki marta hip-hop musobaqasida gʻolib chiqdi. U shuningdek aktyorlikka qiziqadi. U bir yil Moskva madaniyat universitetining teatr boʻlimida oʻqidi, soʻngra musiqa boʻlimiga koʻchib oʻtdi va u yerda ikki yil qoldi.

Model 2011-yilda Kischuk moda agentligi tomonidan Instagramdagi fotosuratlari tufayli tanildi va nafaqat Rossiyada, balki Osiyoning koʻp qismlarida ham muvaffaqiyatli modelga aylandi.

U Tailandning Bangkok shahrida 4 oyni oʻtkazdi va u yerda bir qator mahalliy kiyim-kechak brendlariga model boʻlib ishladi.

Maxfiylik Bangkokda ishlagandan soʻng, Kischuk Xitoyga boradi va u yerda "oʻzini tushunish" uchun besh oy sarflaydi.

Ayni paytda u Moskva zamonaviy sanʼat institutining pop-jazz boʻlimining talabasi.

Discografiya Serebro Studiyadagi albomlar „Sila Trex“ (2016)

Singllari „Chocolate“ (2016) „Сломана“ (2016) „Сердце пацанки“ (2016) „Проидет“ (2017)

Manbalar