Richard Schoen () (1950-yil 23-oktyabrda tugʻilgan) — amerikalik matematik. Differnsial geometriya sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 2017-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Schoen Dayton universitetidan B.Sc. darajasini olgan. 1977-yil Shing-Tung Yau rahbarligida Stanford universitetidan Ph.D. darajasini olgan. Nemischa Shoen familiyasi odatda „Shyon“ oʻqilsa-da, Richard Shoenning familiyasi Sheyn oʻlaroq talaffuz etiladi.
Olim global differensial geometriyada analitik metodlar tatbigʻini oʻrganib keladi. 1979-yil sobiq akademik rahbari biri Yau bilan umumiy nisbiylik nazariyasidagi positiv energiya teoremasini isbotladi. Shoen 1984-yil kompakt xilma-xilliklar boʻyicha Yamabe masalasining toʻliq yechimini topdi. 2007-yilda esa Simon Brendle bilan hamkorlikda differensiayalash mumkin boʻlgan sfera teoremasini isbotlab berdi. Havolalar Shaxsiy vebsayti
Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:21-asr amerikalik olimlari Turkum:Stanford universiteti bitiruvchilari